Buxoroda Hindistoning Acharya instituti filiali ochiladi

© Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoroda Hindistoning Acharya instituti filiali ochiladi
Buxoroda Hindistoning Acharya instituti filiali ochiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlashga oid memarandum imzolandi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Buhoro viloyatida Hindistonning Acharya instituti filiali ochiladi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Dehlida Hindiston-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Acharya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida Acharya institutining O‘zbekistondagi filialini ochilish ko‘zda tutilgan.
“Kelgusida mazkur oliy ta’lim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar yetishib chiqariladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Acharya instituti 1990-yilda tashkil etilgan va u Bangalordagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Uning tarkibida 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazi mavjud. Acharya institutlari tarmog‘ida 75 mamlakatdan kelgan 15 mingdan ziyod talabalar ta’lim olmoqda.
Ta’lim 100 dan ortiq o‘quv dasturlari bo‘yicha olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston-O‘zbekiston biznes-forumida ikki mamlakat o‘rtasida xususiy tibbiyot, farmatsevtika, poyabzal va charm buyumlar ishlab chiqarish sohalarida qator bitimlar imzolangandi.
Yangiliklar lentasi
0