O‘zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi

© Press-slujba mejdunarodnogo aeroporta TashkentaShaxmatisti Uzbekistana predstavat stranu na 44-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade v Indii
Shaxmatisti Uzbekistana predstavat stranu na 44-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi olimpiadada qatnashish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchilar Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi. Bu haqida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
Hindistonda 28-iyuldan 10-avgustga qadar erkaklar va ayollar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Olimpiadada ishtirok etuvchi O‘zbekistonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi 27-iyul kuni Toshkent aeroportida kuzatildi.

“Yigitlar oldiga kuchli o‘yin ko‘rsatish va 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Jahon olimpiadasini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish vazifasi turibdi” - deydi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev.

Xalqaro grossmeysterlar ro‘yxati:
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi
Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Javoxir Sindarov, Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi
Nilufar Yakubbayeva, Umida Omonova, Sarvinoz Kurbonboyeva, Maftuna Bobomurodova va Marjona Malikova.
Qayd etilishicha, ushbu ruyxat 2021 va 2022-yillarda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlari va xalqaro turnirlardagi ishtiroki hamda xalqaro grossmeyster unvoni va reytingidan kelib chiqib tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan e’lon qilingan reytingida O‘zbeksiton ilk bor kuchli 20 talikka kirdi. Unda mamlakat jahon shaxmat reytingida 19 o‘rinni egalladi. O‘zbekiston ro‘yxatiga 100 nafar shahmatchi kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0