Iyun oyida Hindiston rekord darajada Rossiya neftini xarid qildi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishSisterni dlya nefteproduktov
Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Hindiston umumiy neft importidagi ulushi may oyidagi 16,4 foizdan iyun oyida 19,8 foizga oshgan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Hindistonning neft importidagi Rossiya ulushi umumiy importning deyarli beshdan bir qismini tashkil etdi. Iyun oyida Hindistonga rekord darajadagi yetkazib berish kuniga taxminan 950 ming barrel atrofida bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Rossiya Hindistonga Iroqdan keyin ikkinchi yirik yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Hindiston umumiy neft importidagi ulushi may oyidagi 16,4 foizdan iyun oyida 19,8 foizga oshgan.
Iyun oyida Rossiyadan neft importi 15,5 foizga oshdi. Saudiya Arabistoni Hindistonga Iroq va Rossiyadan keyin uchinchi yirik neft yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Hindistonning Rossiyadan neft importi fevral oyidan beri ortib bormoqda, chunki Osiyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti va dunyodagi uchinchi yirik neft importchisi Rossiya nefti uchun yirik chegirmalar ega.
Britaniya embargoga qaramasdan, yana Rossiyadan dizel xarid qilishi mumkin – OAV
Yangiliklar lentasi
0