https://oz.sputniknews.uz/20220707/ittifoqdosh-qoshinlari-asosiy-zarbasining-yonalishi-seversk-25981997.html
Ittifoqdosh qo‘shinlari asosiy zarbasining yo‘nalishi - bu Seversk
Ittifoqdosh qo‘shinlari asosiy zarbasining yo‘nalishi - bu Seversk
Sputnik O‘zbekiston
Donbass hududlarini ozod etish jarayonlari o‘z yakuniga yetapti. 07.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-07T18:26+0500
2022-07-07T18:26+0500
2022-07-07T18:26+0500
kolumnistlar
donbass
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/02/23074098_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a76351b58370a944b36026560447eef4.jpg
Rossiyaning jangovar tuzilmalari LXR va DXR Xalq militsiyasi bo‘linmalari bilan birgalikda Ukraina Qurolli Kuchlarining Slavansk-Kramatorskdagi mustahkamlangan hududi yo‘nalishi bo‘yicha hujumni tezlashtirmoqda. Dushman Lisichanskdan quvib chiqarildi va ittifoqchi kuchlarning vazifasi yaqin kunlarda Ukraina qurolli tuzilmalarining Slavanskdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Severskda mustahkam o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.Severodonesk-Lisichansk aglomeratsiyasi ozod qilingandan so‘ng, LXR bo‘linmalari UQKning Slavansk-Kramatorsk mustahkamlangan hududini qamrab olgan Severskka (11000 aholi) hujum qilish uchun Donesk frontiga o‘tkazildi.5 iyul kuni ittifoqchi qo‘shinlar Severskning chekkasiga yetib kelishdi. U yerda dushman shimoldan janubga - Severskdan Soledar va Artemovskga (Baxmut) o‘tadigan avtomobil va temir yo‘llari bo‘ylab yangi mudofaa chizig‘ini yaratishga harakat qilishmoqda. Rossiya uzoq masofali artilleriyasi UQKning Slavansk va Kramatorskdagi obyektlariga zarba berdi. Ukrainaning Avdeyevka garnizoni o‘rab olingan Severodonesk va Lisichansk taqdirini takrorlashishi muqarrar.DXR hududida o‘tgan sutkada yuqori aniqlikdagi raketalar tomonidan Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS RSZOning ikkita o‘rnatmalari, ikkita o‘q-dori ombori, 57- mexanizatsiyalashgan brigada raketa-arsenal qurollarining katta miqdori- turli xil kalibrli 1500 dan ortiq snaradlar va xorijda ishlab chiqarilgan 100 ta raketa komplekslarini yo‘q qildi. Rossiya Havo-Kosmik kuchlari shuningdek UQKning oltita boshqaruv punkti, xususan, “Yug” operativ guruhi komanda punktlari, 79- desant-hujum va 57-mexanizatsiyalangan brigadalarini “demilitarizatsiyaladi”. Bundan tashqari, kontrbatareya janglarida zalp olovli reaktiv tizimlarining “Uragan” ukrain vzvodi yo‘q qilindi.UQK Bosh shtabi Poltava-Dnepropetrovsk-Zaporojye frontidagi Ukraina mudofaasi uchun kuch va vositalarni tejash maqsadida Severskdan Slavanskka alohida bo‘linmalarni olib chiqishni taklif qildi. Kiyev rejimi nazoratidagi slavan ma’muriyati rahbari Viktor Lyax 5-iyul kuni Ukraina televideniyesi orqali Bosh shtab yaqin orada Slavansk va Kramatorskning “qulashi”ni bashorat qilganini aytdi. Prezident Vladimir Zelenskiyning devoni ko‘proq tashqi siyosat imidji va ichki siyosiy intrigalar bilan tashvishlangan.UQK istiqbollari: kanalar, qozonlar va demilitarizatsiyaRus qo‘shinlari shimoldan Dolina qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha - Slavanskdan 15 km uzoqlikda, sharqdan - Seversk chekkasida, janubdan esa Soledarga - Artemovskdan 6 km (Baxmut)da hujum qilmoqdalar. Slavansko-Kramatorsk mustahkamlangan hududini uch tomondan - dushman guruhining orqa qismiga kirish imkoniyati bilan tezkor qamrab olish mavjud. Ehtimol, tez orada xaritada allaqachon an’anaviy “kanalar” va “qozonlar” ni ko‘rarmiz, bu bizga Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarini butunlay yo‘q qilish, yangi chegaralarga erishish va dushmanni g‘arb tomonga surish imkonini beradi.Slavanskning g‘arbida Ukraina chap qirg‘og‘ining keng dashtlari boshlanadi. Mintaqaviy markazlar orasidagi sezilarli masofalar UQKga “ilakishib” olish va mustahkam mudofaa chizig‘ini yaratish imkonini bermaydi. “Sharqiy front” Dnepropetrovsk, Zaporojye, Nikolayev tomon yuradi. Va, ehtimol, Xarkov birinchi navbatda ozod qilinadi.6 iyul kuni Xarkov viloyatining vaqtinchalik fuqarolik ma’muriyati rahbari viloyatning ozod qilingan hududlari aholisining Rossiyaga qaytish istagi borligini ma’lum qildi. UQKning chuqur operatsion orqa qismidagi nishonlarga - Odessa, Xmelniskiy va G‘arbiy Ukrainaning boshqa mintaqalarida kunlik raketa hujumlari dushman qo‘shni davlatni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiya maxsus operatsiyasining strategik ko‘lamini tasdiqlaydi.Boshqa tomondan, Kiyevning “sharqiy front”dagi taktikasi matbuotdagi yuqori darajadagi rezonansli materiallar va G‘arb moliyalashtirishni davom ettirishi uchun tashqi effektga erishishga qaratilgan “95-kvartal” serialini eslatadi. UQK Bosh shtabi ehtiyotsiz safarbarlik to‘lqinlari, tinch aholidan ochiq-oshkora terrorchilarning tirik qalqon sifatida foydalanishi, Donbass shaharlari va qishloqlarini maydonlarda muntazam ravishda o‘qqa tutish bilan Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishini sekinlashtirishga harakat qilmoqda.UQK ishchi kuchi va harbiy texnikadagi bir qator mag‘lubiyatlar, “qozonlar” va halokatli yo‘qotishlari (3900 dan ortiq tanklar va zirhli mashinalar, 3000 artilleriya moslamalari, 720 ta RSZO, 370 ta samolyotlar, 350 ta zenit raketa tizimlari) fonida jamoaviy G‘arbning Rossiyaga qarshi Kiyev rejimiga qurol va moliyaviy yordam berish uchun “oxirigacha bel bog‘lagan” qat’iyati ham so‘nib bormoqda.Buyuk Britaniya NATO davlatlari hududida ukrainalik askarlar uchun maxsus uch haftalik o‘quv dasturini yo‘lga qo‘ydi va Ukraina Qurolli kuchlarini har to‘rt oyda 10 mingta “shtik” bilan ta’minlashga va’da bermoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, bu frontdagi vaziyatni “tubdan o‘zgartiradi”.Biroq, 20 kunda safarbar qilingan fuqarodan harbiy mutaxassis qilish texnologik jihatdan mumkin emas. Britaniyaning The Telegraph nashrining ta’kidlashicha, g‘arblik hamkorlar UQKning “kuzgacha” jangovar harakatlar to‘lqinini o‘zgartirishini kutishayotir. Agar Rossiyaning Ukraina qo‘shinlari uchun “kanalar” va “qozonlar”ni tashkil qilish dinamikasi bir xil bo‘lib qolsa, AQSh va NATO harbiy yordamni qisqartirishga majbur bo‘ladi.G‘arb uchun ko‘p qutbli dunyodan chetga surib qo‘yilganidek haqiqatni tan olish qiyin, ammo Afg‘onistondan keyingi navbatdagi mag‘lubiyat (xo‘rlik) NATO davlatlarini yadro olovi bilan murosasiz yo‘q qilishdan ko‘ra yaxshiroq.Ukraina Qurolli Kuchlari, Ukraina Milliy Gvardiyasi va Ukraina xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari Kiyev rejimini demilitarizatsiya qilish jarayoniga ko‘plab qo‘shila boshladilar. Bulgarian Military nashrning xabar berishicha, ukrainalik harbiy xizmatchilarning tashabbuskor guruhi Rossiya tomonga 240 ming $ga (haqiqiy qiymati bir necha million) ikkita fransuz CAESAR o‘ziyurar artilleriya moslamasini sotgan.Qurollarning “qora bozori” ancha avvalroq shakllangan edi. Ukrainada FGM-148 Javelin tankga qarshi tizimini atigi 30 ming $ga sotib olish mumkin. Raketaga qarshi tizimining uchirish konteyneri AQSh armiyasi uchun 175 ming dollar, boshqaruv bloki 295 ming $ va butun kompleks 2020-yilgi narxlarda taxminan 470 ming $ turadi.G‘arb qurollari ko‘pincha Ukrainada “yo‘qolib qoladi” va Osiyo va Afrika mamlakatlariga sotiladi. Shunday qilib, “Rossiyani zaiflashtirish” istagi “Ukraina loyihasi” tashkilotchilari va homiylariga teskari ta’sir ko‘rsatadi.
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/02/23074098_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4ad3ffbf53733a0b25e5bbdc17dcea34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, donbass, donesk xalq respublikasi (dxr)
kolumnistlar, donbass, donesk xalq respublikasi (dxr)
Ittifoqdosh qo‘shinlari asosiy zarbasining yo‘nalishi - bu Seversk
Donbass hududlarini ozod etish jarayonlari o‘z yakuniga yetapti.
Rossiyaning jangovar tuzilmalari LXR va DXR Xalq militsiyasi bo‘linmalari bilan birgalikda Ukraina Qurolli Kuchlarining Slavansk-Kramatorskdagi mustahkamlangan hududi yo‘nalishi bo‘yicha hujumni tezlashtirmoqda. Dushman Lisichanskdan quvib chiqarildi va ittifoqchi kuchlarning vazifasi yaqin kunlarda Ukraina qurolli tuzilmalarining Slavanskdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Severskda mustahkam o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Severodonesk-Lisichansk aglomeratsiyasi ozod qilingandan so‘ng, LXR bo‘linmalari UQKning Slavansk-Kramatorsk mustahkamlangan hududini qamrab olgan Severskka (11000 aholi) hujum qilish uchun Donesk frontiga o‘tkazildi.
5 iyul kuni ittifoqchi qo‘shinlar Severskning chekkasiga yetib kelishdi. U yerda dushman shimoldan janubga - Severskdan Soledar va Artemovskga (Baxmut) o‘tadigan avtomobil va temir yo‘llari bo‘ylab yangi mudofaa chizig‘ini yaratishga harakat qilishmoqda. Rossiya uzoq masofali artilleriyasi UQKning Slavansk va Kramatorskdagi obyektlariga zarba berdi. Ukrainaning Avdeyevka garnizoni o‘rab olingan Severodonesk va Lisichansk taqdirini takrorlashishi muqarrar.
DXR hududida o‘tgan sutkada yuqori aniqlikdagi raketalar tomonidan Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS RSZOning ikkita o‘rnatmalari, ikkita o‘q-dori ombori, 57- mexanizatsiyalashgan brigada raketa-arsenal qurollarining katta miqdori- turli xil kalibrli 1500 dan ortiq snaradlar va xorijda ishlab chiqarilgan 100 ta raketa komplekslarini yo‘q qildi. Rossiya Havo-Kosmik kuchlari shuningdek UQKning oltita boshqaruv punkti, xususan, “Yug” operativ guruhi komanda punktlari, 79- desant-hujum va 57-mexanizatsiyalangan brigadalarini “demilitarizatsiyaladi”. Bundan tashqari, kontrbatareya janglarida zalp olovli reaktiv tizimlarining “Uragan” ukrain vzvodi yo‘q qilindi.
UQK Bosh shtabi Poltava-Dnepropetrovsk-Zaporojye frontidagi Ukraina mudofaasi uchun kuch va vositalarni tejash maqsadida Severskdan Slavanskka alohida bo‘linmalarni olib chiqishni taklif qildi. Kiyev rejimi nazoratidagi slavan ma’muriyati rahbari Viktor Lyax 5-iyul kuni Ukraina televideniyesi orqali Bosh shtab yaqin orada Slavansk va Kramatorskning “qulashi”ni bashorat qilganini aytdi. Prezident Vladimir Zelenskiyning devoni ko‘proq tashqi siyosat imidji va ichki siyosiy intrigalar bilan tashvishlangan.
UQK istiqbollari: kanalar, qozonlar va demilitarizatsiya
Rus qo‘shinlari shimoldan Dolina qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha - Slavanskdan 15 km uzoqlikda, sharqdan - Seversk chekkasida, janubdan esa Soledarga - Artemovskdan 6 km (Baxmut)da hujum qilmoqdalar. Slavansko-Kramatorsk mustahkamlangan hududini uch tomondan - dushman guruhining orqa qismiga kirish imkoniyati bilan tezkor qamrab olish mavjud. Ehtimol, tez orada xaritada allaqachon an’anaviy “kanalar” va “qozonlar” ni ko‘rarmiz, bu bizga Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarini butunlay yo‘q qilish, yangi chegaralarga erishish va dushmanni g‘arb tomonga surish imkonini beradi.
Slavanskning g‘arbida Ukraina chap qirg‘og‘ining keng dashtlari boshlanadi. Mintaqaviy markazlar orasidagi sezilarli masofalar UQKga “ilakishib” olish va mustahkam mudofaa chizig‘ini yaratish imkonini bermaydi. “Sharqiy front” Dnepropetrovsk, Zaporojye, Nikolayev tomon yuradi. Va, ehtimol, Xarkov birinchi navbatda ozod qilinadi.
6 iyul kuni Xarkov viloyatining vaqtinchalik fuqarolik ma’muriyati rahbari viloyatning ozod qilingan hududlari aholisining Rossiyaga qaytish istagi borligini ma’lum qildi. UQKning chuqur operatsion orqa qismidagi nishonlarga - Odessa, Xmelniskiy va G‘arbiy Ukrainaning boshqa mintaqalarida kunlik raketa hujumlari dushman qo‘shni davlatni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiya maxsus operatsiyasining strategik ko‘lamini tasdiqlaydi.
Boshqa tomondan, Kiyevning “sharqiy front”dagi taktikasi matbuotdagi yuqori darajadagi rezonansli materiallar va G‘arb moliyalashtirishni davom ettirishi uchun tashqi effektga erishishga qaratilgan “95-kvartal” serialini eslatadi. UQK Bosh shtabi ehtiyotsiz safarbarlik to‘lqinlari, tinch aholidan ochiq-oshkora terrorchilarning tirik qalqon sifatida foydalanishi, Donbass shaharlari va qishloqlarini maydonlarda muntazam ravishda o‘qqa tutish bilan Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishini sekinlashtirishga harakat qilmoqda.
UQK ishchi kuchi va harbiy texnikadagi bir qator mag‘lubiyatlar, “qozonlar” va halokatli yo‘qotishlari (3900 dan ortiq tanklar va zirhli mashinalar, 3000 artilleriya moslamalari, 720 ta RSZO, 370 ta samolyotlar, 350 ta zenit raketa tizimlari) fonida jamoaviy G‘arbning Rossiyaga qarshi Kiyev rejimiga qurol va moliyaviy yordam berish uchun “oxirigacha bel bog‘lagan” qat’iyati ham so‘nib bormoqda.
Buyuk Britaniya NATO davlatlari hududida ukrainalik askarlar uchun maxsus uch haftalik o‘quv dasturini yo‘lga qo‘ydi va Ukraina Qurolli kuchlarini har to‘rt oyda 10 mingta “shtik” bilan ta’minlashga va’da bermoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, bu frontdagi vaziyatni “tubdan o‘zgartiradi”.
Biroq, 20 kunda safarbar qilingan fuqarodan harbiy mutaxassis qilish texnologik jihatdan mumkin emas. Britaniyaning The Telegraph nashrining ta’kidlashicha, g‘arblik hamkorlar UQKning “kuzgacha” jangovar harakatlar to‘lqinini o‘zgartirishini kutishayotir. Agar Rossiyaning Ukraina qo‘shinlari uchun “kanalar” va “qozonlar”ni tashkil qilish dinamikasi bir xil bo‘lib qolsa, AQSh va NATO harbiy yordamni qisqartirishga majbur bo‘ladi.
G‘arb uchun ko‘p qutbli dunyodan chetga surib qo‘yilganidek haqiqatni tan olish qiyin, ammo Afg‘onistondan keyingi navbatdagi mag‘lubiyat (xo‘rlik) NATO davlatlarini yadro olovi bilan murosasiz yo‘q qilishdan ko‘ra yaxshiroq.
Ukraina Qurolli Kuchlari, Ukraina Milliy Gvardiyasi va Ukraina xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari Kiyev rejimini demilitarizatsiya qilish jarayoniga ko‘plab qo‘shila boshladilar. Bulgarian Military nashrning xabar berishicha, ukrainalik harbiy xizmatchilarning tashabbuskor guruhi Rossiya tomonga 240 ming $ga (haqiqiy qiymati bir necha million) ikkita fransuz CAESAR o‘ziyurar artilleriya moslamasini sotgan.
Qurollarning “qora bozori” ancha avvalroq shakllangan edi. Ukrainada FGM-148 Javelin tankga qarshi tizimini atigi 30 ming $ga sotib olish mumkin. Raketaga qarshi tizimining uchirish konteyneri AQSh armiyasi uchun 175 ming dollar, boshqaruv bloki 295 ming $ va butun kompleks 2020-yilgi narxlarda taxminan 470 ming $ turadi.
G‘arb qurollari ko‘pincha Ukrainada “yo‘qolib qoladi” va Osiyo va Afrika mamlakatlariga sotiladi. Shunday qilib, “Rossiyani zaiflashtirish” istagi “Ukraina loyihasi” tashkilotchilari va homiylariga teskari ta’sir ko‘rsatadi.