https://oz.sputniknews.uz/20220706/kolbasa-sigaretadan-17471988.html
Kolbasa bir bo‘lagi zararligi bo‘yicha sigaret qutisiga teng - onkolog
Kolbasa bir bo‘lagi zararligi bo‘yicha sigaret qutisiga teng - onkolog
Sputnik O‘zbekiston
Xom dudlangan servelat kolbasasi 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi.
2022-07-06T22:39+0500
2022-07-06T22:39+0500
2022-07-06T22:39+0500
salomatlik
shifokorlar tavsiyasi
bu qiziq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/12/16026325_0:105:1999:1229_1920x0_80_0_0_99b7956c82a951b2b9dd2c9f9a9be9fb.jpg
Xom dudlangan servelat kolbasasi 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Serakov “Praym” nashriga.Professor kolbasa zararli, ammo uni kamdan kam iste’mol qilish jiddiy oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidladi. Ammo kolbasa va boshqa qizil go‘shtdan tayyorlangan mahsulotlari uzoq vaqt davomida iste’mol qilish saraton va o‘lim xavfini oshirishi mumkin."Kanserogenlik nuqtayi nazaridan eng xavfli dudlangan kolbasa hisoblanadi, chunki dudlash vaqtida ko‘plab zararli moddalarni o‘z ichiga olgan tutun chiqariladi. Bunday kolbasa tarkibida nitritlarga qo‘shimcha ravishda yana bir modda - benzpiren bo‘lishi mumkin. U o‘tin termik parchalanishida hosil bo‘ladi", - deb tushuntirdi Serakov.Olimlar orasida qizil go‘sht tarkibida saraton hujayralarini rivojlanish xavfini oshiradigan moddalar mavjud degan fikr mavjud. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi tomonidan kanserogen mahsulotlar tasnifiga ko‘ra, qizil go‘sht saraton rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Qayta ishlangan go‘sht – sosiska, kolbasa, konserva - rasman birinchi kanserogen guruhiga kiritilgan.Boshqa xavfli oziq-ovqat mahsulotlariga shprotlar, pechenye, vafli va boshqa qandolat mahsulotlari, shirin gazli suv, spirtli ichimliklar, chipslar, margarin, mayonez, souslar, shakar, popkorn, sabzavot va mevalar konservalari, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar kiradi. Biroq, ular sigaretadan zararli ekan, deb aytish mumkin emas - barchasi miqdorga bog‘liq, - deb xulosa qildi onkolog.
https://oz.sputniknews.uz/20200204/Olimlar-gsht-va-kolbasa-salomatlik-uchun-khavfli-ekanligi-aida-ogolantirdi-13387231.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/12/16026325_111:0:1888:1333_1920x0_80_0_0_0a975565e6cbe9e301b41e2bb9e56b87.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolbasa bir bo‘lagi zararligi bo‘yicha sigaret qutisiga teng - onkolog
kolbasa bir bo‘lagi zararligi bo‘yicha sigaret qutisiga teng - onkolog
Kolbasa bir bo‘lagi zararligi bo‘yicha sigaret qutisiga teng - onkolog
Xom dudlangan servelat kolbasasining 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Serakov.
Xom dudlangan servelat kolbasasi 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Serakov “Praym” nashriga.
Professor kolbasa zararli, ammo uni kamdan kam iste’mol qilish jiddiy oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidladi. Ammo kolbasa va boshqa qizil go‘shtdan tayyorlangan mahsulotlari uzoq vaqt davomida iste’mol qilish saraton va o‘lim xavfini oshirishi mumkin.
"Kanserogenlik nuqtayi nazaridan eng xavfli dudlangan kolbasa hisoblanadi, chunki dudlash vaqtida ko‘plab zararli moddalarni o‘z ichiga olgan tutun chiqariladi. Bunday kolbasa tarkibida nitritlarga qo‘shimcha ravishda yana bir modda - benzpiren bo‘lishi mumkin. U o‘tin termik parchalanishida hosil bo‘ladi", - deb tushuntirdi Serakov.
Olimlar orasida qizil go‘sht tarkibida saraton hujayralarini rivojlanish xavfini oshiradigan moddalar mavjud degan fikr mavjud. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi tomonidan kanserogen mahsulotlar tasnifiga ko‘ra, qizil go‘sht saraton rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Qayta ishlangan go‘sht – sosiska, kolbasa, konserva - rasman birinchi kanserogen guruhiga kiritilgan.
"Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan har kuni 50 gramm iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni xavfini 18 foizga oshiradi", - dedi shifokor.
Boshqa xavfli oziq-ovqat mahsulotlariga shprotlar, pechenye, vafli va boshqa qandolat mahsulotlari, shirin gazli suv, spirtli ichimliklar, chipslar, margarin, mayonez, souslar, shakar, popkorn, sabzavot va mevalar konservalari, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar kiradi. Biroq, ular sigaretadan zararli ekan, deb aytish mumkin emas - barchasi miqdorga bog‘liq, - deb xulosa qildi onkolog.