Donbass yana Rossiyaning yuragiga aylanadi

© Sputnik / Sergey AverinBanner s nadpisyu "Mi – russkiy Donbass!" na zdanii v Doneske.
Banner s nadpisyu Mi – russkiy Donbass! na zdanii v Doneske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb davlat rahbarlari o‘z xohishi bilan Rossiya neftiga narxning maksimal darajasini belgilashga harakat qilayotgan bir paytda, xorijiy ekspertlar va birjalar tabiiy gaz narxi va Yevropaning isitish mavsumidan o‘tish istiqbollari bo‘yicha prognozlar qilmoqda.
G‘arb davlatrahbarlari o‘z xohishi bilan Rossiya neftiga narxning maksimal darajasini belgilashga harakat qilayotgan bir paytda, xorijiy ekspertlar va birjalar tabiiy gaz narxi va Yevropaning isitish mavsumidan o‘tish istiqbollari bo‘yicha prognozlar qilmoqda. Rossiyaning o‘zida va uning yaqin atroflarida yanada qiziqarli voqealar sodir bo‘lmoqda.
Kuni kecha mamlakatning energetika mutaxassislari Belgorod viloyati hukumati bilan birgalikda Xarkov viloyatining ozod qilingan hududlariga karvon - ixtisoslashtirilgan yuklarning katta partiyasi: ya’ni 167 tonna, shu jumladan ustunlar, elektr uzatish simlari, izolyatorlar, qisqichlar, yuqori voltli kiritkichlar, turli quvvat uskunalari, shuningdek, avtomobil qismlari va 25 tonna transformator moyi jo‘natishdi. Energetiklar sir tutishayotgani yo‘q - yukning asosiy qismi, xususan, transformator moyi Izum va Balakleyaga boradi. U yerda mahalliy podstansiyalarni ta’mirlash va qayta ishga tushirish uchun ishlatiladi.
Harbiy harakatlar paytida yuzlab va minglab kommunal xizmatlari xodimlarining rossiyalik hamkasblari yordamida jangovar harakatlar paytida zarar ko‘rgan kanalizatsiya va tozalash inshootlarini tiklash, shahar va qishloqlarni elektr va suv bilan ta’minlash uchun olib borayotgan sa’y-harakatlari mutlaqo e’tibordan chetda qolmoqda. Masalan, iyun oyi boshida Belgorod va Xarkov viloyatlari o‘rtasidagi yuqori voltli liniya tiklandi. Rossiya hududidan energiya ko‘prigi orqali o‘zaro oqimlar Xarkov viloyatining deyarli yarim million aholisini doimiy ravishda qayta quvvatlantirish va elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini berdi.
Tinch osmon ostida yashovchi va kommunal sharoitlarni shundoq ham bo‘lishi kerak bo‘lgan oddiy hol debbiladigan odamlar turli darajadagi rezonansli voqealar, xoh u tabiiy yoki texnogen ofatlar bo‘lsin, xoh jang maydonlaridan olingan xabarlar yoki shov-shuvli korrupsiya janjallari- barchasini oddiy xabarlardek o‘qishadi. Bularni bilgan OAVlar esa o‘z o‘quvchilari va tinglovchilarining xohish- istaklarini qondiruvchi xabarlarni tarqatishga harakat qiladilar. Biroq, shunday ish aslida hozirgi zamonaviy hayotda sharoit yaratayotgan va ularsiz turmushni tasavvur etib bo‘lmaydigan insonlarning mehnatlarini sahna ortiga, ya’ni e’tiborsiz qoldiradi.
Harbiy harakatlar davom etmoqda. Ulardan keyin esa orqada qishloqlar, shaharchalar va shaharlar vayrona holda, yuzlab qulagan simog‘ochlar, elektr o‘tkazguvchi simlar, yonib ketgan inshootlar qoladi. Va haftalab, kerak bo‘lsa oylab yerto‘lalarda sham yorug‘ida jon saqlaganlar uchun, qo‘liga tushgani bilan ovqatlanganlar uchun, yoki yaqin darodan suv olib kelgunga qadar biror daydi o‘q yoki bomba zarbini kutib qo‘rquvda yashaganlar uchun lip etib yongan lampa yoki jo‘mrakda shuvillagan suv dunyo boyliklaridan ming marotaba kerakroq va qadrliroqdir.
Quvonarlisi, Rossiya rahbariyati bunday murakkab vaziyatni tushunadi va maxsus operatsiya uchun qancha kuch, mablag‘ va resurs ajratsa, ozod bo‘lgan hududlarni tiklash va obod etish masalasida ham xuddi shuncha mablag‘ va kuch ajratadi.
Ikki kun avval Mariupolda barpo etiladigan uylar variantlarini ko‘rsatishdi. Rasman e’lon qilingan rejalarga ko‘ra, kuzga kelib 12 ta yangi besh qavatli turar-joy binolari quriladi. Bunda minglab oilalar o‘z uylariga ega bo‘lishadi.
Lugansk quruvchilari ham e’tiborsiz qoldirishmaydi. Noyabrgacha u yerda 200 o‘rinli ko‘p funksiyali tibbiyot punkti ochiladi. Pandemiya davrida harbiy quruvchilar Moskva yaqinidagi Podolskdan Uzoq Sharqgacha cho‘zilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish vazifasini qanchalik tez va muvaffaqiyatli bajarganliklarini hisobga olsak, Lugansk loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga hech kim shubha qilmaydi.
Boshqa armiyaga nisbatan biroz g‘alati tuyulishi mumkin, biroq, orqa va tinch qurilishdagi rus harbiylari jang maydonidagidan kam emas. Muhandislik bo‘linmalari Qrimda qidiruv, burg‘ulash va toza suv bilan ta’minlash bo‘yicha barcha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdi. Amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini baholash uchun shuni ta’kidlaymizki, logistika bo‘linmalarining harakatlari tufayli Shimoliy Qrim kanalidan suv ta’minoti tiklanmaguncha Simferopolga yetarli miqdorda ichimlik suvi yetkazib berilgan. Moskva bir yil oldin Azov dengizi tubida ichimlik suvi zaxiralarini qidirish uchun 50 milliard rubl ajratgan. Bularning barchasi va boshqa ko‘plab chora-tadbirlar majmuasi Qrim dehqonlarini suv bilan ta’minlashga imkon berdi va bu ichki sektor bilan taqqoslanmaydigan hajmda.
Oddiy quruvchilar o‘zlarining harbiy hamkasblaridan ham qolishmayapti. Marat Xusnullinning so‘zlari ko‘ra, Donbassda olti minglab mutaxassislar ish olib borishmoqda. Ular minglab maxsus texnika bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, bu raqamlar yana oshadi, chunki bosh vozir bu yili Donesk va Lugansk viloyatlari hududlarida Ukraina armiyasi tomonidan fayron qilingan 500 kilometrlik avtomobil yo‘llari va 15 ta ko‘prik ta’mirdan chiqarilishini va’da qilmoqda. Urushgacha bo‘lgan davrda Donbassda bo‘lganlar u yerda yo‘l infratuzilmasi, ayniqsa Lugansk viloyatida naqadar murakkab bo‘lganini yaxshi bilishadi. Kiyev bu yerlarga 30-yil befarq bo‘lib kelgan.
Kiyev haqida shunchaki gapirib o‘tmadik.
Viktor Yushenko Ukraina konstitutsiyasi meyorlarini buzgan holda prezident bo‘lgan birinchi Maydandan so‘ng davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Kiyev hukumati yillar davomida ukrainaliklar ongida Donbass imidjini muntazam ravishda eng tushkun va dotatsion hudud sifatida shakllantirib kelgan. Mahalliy telekanallar va jurnalistlar nobud bo‘layotgan kon qishloqlari, yopilgan shaxtalar, eski uy-joy va kommunal fondlar haqida entikib gapirishdi. Bularning barchasi ma’lum darajada to‘g‘ri edi, lekin yagona ogohlantirish bilan, bu yerlarda hech qanday taraqqiyot yo‘q edi, chunki Kiyev bu yerdan barcha pullarni so‘rib, evaziga bor-yo‘g‘i tiyinlar berdi. Adolat uchun shuni ta’kidlash lozim, shu yerlik bo‘lgan Viktor Yanukovich davrida ham vaziyat umuman yaxshilanmadi.
Biroq, 2014-yilning yozida, Kiyev o‘zining ikkita tinch viloyatiga qarshi jangovar harakatlar boshlaganidan so‘ng, o‘sha paytdagi mustaqil bosh vazir Arseniy Yatsenyuk hammasini aytib qo‘ydi. O‘z intervularidan birida u Lugansk va Donesk respublikalari hududlarida 70 dan ortiq ko‘mir konlari, shuningdek, Ukraina budjetiga valyuta tushumlarining to‘rtdan bir qismini ta’minlaydigan boshqa korxonalar ishlayotganini eslatib o‘tdi.
Tarmoqda dushmanlar va hasadgo‘ylar tomonidan rossiyaliklarga iloji boricha faol qo‘llanilayotgan bayonotlarni ko‘rish mumkin. Bizni Rossiyaning tushkun va hatto qashshoq hududlarni olib yelkasiga katta yukni ortayotganini aytishga urinishmoqda. Ya’ni bu federal budjetni ham, umuman mamlakatning turmush darajasini ham pastga tushiradi kabi. Bu mutlaqo bema’nilik va mutlaqo yolg‘on.
Yuz yil oldin, Yosh Sovet davlati tashkil topgan paytda, Donbass Rossiyaning “yuragi” deb atalgan. Bunda mubolag‘a yo‘q. Donesk ko‘mir havzasining Ukraina SSR tarkibiga qo‘shilishi va keyinchalik ommaviy ukrainlashtirish - bu xalqlar birligi, chegaralar va sinfiy tafovutlarni yo‘q qiladigan muqarrar jahon inqilobiga ishongan bolsheviklar loyihasining natijasi. Ammo imkoniyatlar nuqtayi nazaridan, Donbassning salohiyati to‘liq ochib berilgan edi.
Hatto kichik bolalar ham bilishadiki, Donbass bu - ko‘mir. 60 ming kvadrat kilometr maydonda 140 milliard tonna birinchi darajali ko‘mir bor. Bular asosan energetik toifadagi ko‘mirlar, masalan, uzoq olovli (75 foizgacha), ammo antratsitlar ham bor, ya’ni maksimal ko‘mirlanish darajasi va kalorifik qiymati bo‘lgan ko‘mirlar. Ko‘mir o‘tmish yoqilg‘isi deyayotgan G‘arb ekologlariga esa ishonish kerak emas. Ayni paytda Rossiya gazi yetishmasligi tufayli Yevropa eski ko‘mir IES va IES qayta ochmoqda. Qora oltinning narxi esa 300 AQSh dollaridan yuqori, bu esa so‘nggi o‘n yilliklar uchun rekord bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga Donesk va Lugansk Kuzbass konchilarining nonini olib qo‘yadi deb o‘ylamaslik kerak.
Birinchidan, Kuznesk va Donesk havzalaridagi ko‘mirlar nomenklaturasi farq qiladi, xuddi ishlab chiqarish hajmlari va mahsulotlarning ichki iste’molchilari farq qilgani kabi. Ikkinchidan, avvaliga pandemiya, keyin esa G‘arb sanksiyalari ta’sirida qiynalgan Kuzbass bugungi kunda o‘zini iloji boricha janubi-sharbiy Osiyo bozorlariga yo‘naltirmoqda. Buni sharqiy yo‘nalishning ortiqcha yuklamalarda ishlayotgani isbot bo‘lishi mumkin. Sharqiy ko‘mir konchilarimiz endi asosiy muammo Donbass bilan raqobat emas, balki o‘z mahsulotlarini Xitoy va Koreyaga yetkazishda vagonlar parki yetishmayotganida ko‘rishmoqda.
Shunday ekan, Kemerovo va Donesk ko‘mirchilarining raqobat qilishiga xojat yo‘q.
Donbass o‘zining asosiy boyligidan tashqari, dolomitlar, oqim va qurilish ohaktoshlari, o‘tga chidamli va plastik gillar, mergel, qurilish va kvars qumlari konlariga ega. Bularning barchasi mavjud va istiqbolli metallurgiya korxonalari ishini ta’minlaydi, qishloq va shaharlar xarobalaridan ko‘tarilgan cheksiz qurilish maydonlarida ham juda qo‘l keladi. Donbass - nefelin siyenitlari, ya’ni alyuminiy ishlab chiqarish degani. Bu temir javhari konlari va Dnepr-Donesk gazli provinsiyasi, kichik, lekin o‘ziniki va yaqin atrofda, gaz tashuvchilarni ijaraga olish yoki yangi tranzit magistrallarini yotqizish shart emas.
Ammo bularning hammasi faqat foydali qazilmalar bilan baholash xato bo‘ladi.
Ukraina armiyasi kelishidan avval birgina Donesk viloyatida sakkizta issiqlik elektr stansiyalari, ellikdan ortiq ko‘mir shaxtalari va o‘ndan ortiq zavodlar faoliyat yuritgan. Bu yerda tog‘-kon klasteri joylashgan, bular Nikitovskiy simob zavodi, Dokuchayevskiy flux-dolomit zavodi, Kalchik qishlog‘idagi sionit zavodi va yana boshqa ko‘plab zavodlar.
Lugansk va Donesk - bu ulkan metallurgik markaz. Donesk va Yekainayev metallargiya zavodlari, Ilich nomidagi Mariupol zavodi, Kirov nomidagi Makeyevka zavodi. Ularga 11 ta koksokimoviy kombinat, Konstantinovka temir quyish zavodi va Xartsiss quvur zavodlari yordam berishmoqda. Umuman olganda, yirik sanoat korxonalari va budjet donorlaridan qaysi biri bu yerda yo‘qligini aytish borlarini aytishdan osonroq.
Bir so‘z bilan aytganda, Donbass yelkadagi ortiqcha yuk emass. Balki har qanday davlat orzu qilishi mumkin bo‘lgan po‘lat tayanchdir. Bu yerda bir necha million odamlar o‘zlarining mashaqqatli, ammo juda muhim ishlariga ko‘nib, haqli ravishda faxrlanib yashashadi. Bu yerda asosiy kombaynlar, zavod va fabrikalar joylashgan bo‘lib, ularning mahsulotlari sotiladigan joylar bor.
Bu yerda barqaror tinchlik o‘rnatish va Ukraina ostidan vayron bo‘lgan va unutilganlarni yangilashga yordam berish qoladi xolos. Donbass hammasini o‘zi qiladi, u yerda dangasalar va landovurlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0