“Sarmat” 50-yilgacha Rossiya texnologik ustuvorligini kafolatlaydi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat”
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna bo‘lish
Sputnik harbiy sharhlovchisi Rossiyaning “Sarmat” og‘ir qit’alararo ballistik raketasi va Amerikaning Minuteman IIItexnikasini taqqosladi.
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Rossiyaning qit’alararo og‘ir ballestik raketasi jangovar qudrati va mukammalligi bilan afsonaviy “Voyevoda” QBRni ortda qoldirdi. AQShning xuddi shunday Minuteman III QBR dagi texnologik bo‘shliq juda katta va Amerikaning ilg‘or qurollarni ishlab chiqish, strategik yadro kuchlarini qurish va yangilashda orqada qolganligini ko‘rsatadi.
21-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi “Sarmat”ning 2022-yil oxirida jangovar navbatchilikka kirishini ma’lum qildi. Bu dunyodagi eng kuchli qit’alararo ballistik raketa bo‘lib, 1988-yildan buyon jangovar vazifalarga loyiq bo‘lgan “Voyevoda” dan bir yarim baravar tezroq harakat qila oladi va kuch va mustahkamlik borasida dunyodagi yagona model hisoblanadi.
Sarmat paydo bo‘lgunga qadar “Voyevoda”ning jangovar kuchi (8,7 tonnagacha) va uzoqligi (16 000 gacha) G‘arb uchun yetib bo‘lmas bo‘lgan edi. Amerikaning dengizda joylashgan eng ko‘p “yuk ko‘tara oladigan” “Traydent” QBR 2,8 tonnalik jangovar kallakni 11 000 km masofagacha uloqtira oladi.
Beshinchi avlod “Sarmat” QBR g‘arblik “raqib”lardan farqni oshirdi va Rossiya Federatsiyasining keyingi yarim asrda strategik yadroviy qurollar sohasida texnologik ustunlikni ta’minladi va 2070-yillargacha qurollar safida bo‘ladi.
Boshlang‘ich og‘irligi 210 tonna bo‘lgan “Sarmat” raketaga qarshi mudofaa tizimlarining hozirgi va kelajakdagi tizimlarini yenga oladi, 10 tonna og‘irlikdagi jangovar kallaklarni 18 000 km gacha bo‘lgan masofaga yetkaza oladi.
QBRning jangovar jihozlanish diapozoni ham ancha keng. “Avangard” gipertovushli bloklar tezlikda 28 tagacha aylanishni (33560 km/soat) rejalashtirishi mumkin. Yap-yangi “Sarmat” yangi dvigatellar bilan jihozlangan, shaxt va mobil modifikatsiyalarga ega. Agar “Voyevoda”ning jangovar kallaklari soxta elementlar bulutida nishonga qarab uchib ketsa va nishondan 500 metr chetga chiqsa, “Sarmat” undan ham ilg‘or himoya va nishonga olish tizimlariga ega.
Bitta “Sarmat” Yerning istalgan qutbi orqali 7,5 yadro megatonnasini yetkazib berishga va tajovuzkor davlatning 37 million fuqarosini yo‘q qilishga qodir, 10 ta raketa har qanday mamlakatni butunlay yo‘q qiladi (SNV-3 Shartnomasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi strategik yadroviy kuchlarning maksimal chegarasi - 700ta ishga tushiruvchi moslamasi va 1550 ta jangovor kallak, ulardan 60%-Strategik raketa kuchlarining doimiy tayyorgarlikdagi shaxt va mobil komplekslari).
Rossiya yangi QBRlarining yangi texnologik xususiyatlari -yadroviy bo‘lmagan yuqori aniqlikdagi zarbaning yetkazish imkoniyatidir: atmosferada 15 aylanish (taxminan 18 000 km / soat) tezlikda ushlab turish mumkin emas va jangovar kallakning kinetik quvvati esa radiatsiyasiz “atom” yo‘q qilinishini kafolatlaydi.
Rossiyaning “Sarmat” QBR va Amerikaning xuddi shunday ishlab chiqarilgan Minuteman III raketasining xususiyatlarini taqqoslash, Northrop Grumman direktori Keti Uordenning AQShning so‘nggi 65-yildagi eksklyuzivligi va texnologik ustunligi haqidagi mish-mishlari va bayonotlari naqadar bo‘rttirilganligini aniq ko‘rsatmoqda.

Zaif bo‘g‘in

Amerikaning quruqlikdagi yagona Minuteman III raketasi yarim asrdan buyon xizmat qilmoqda. Barcha modernizatsiyadan so‘ng 1,1 tonna og‘irlikdagi jangovar kallakni (350 kilotonn sig‘imli uchta jangovar kallak) 13 000 kmgacha bo‘lgan masofaga olib yurishga qodir. Va u Rossiya QBRga raqobatchi bo‘la olmaydi. Umuman olganda, ulkan “Sarmat” fonida 39 tonnalik “Minitmen” amerikalik harbiy tahlilchi Maykl Pekga shunchaki “reaktiv tishkovlagich” bo‘lib tuyulgan.
Minuteman III Amerika yadro triadasining zaif bo‘g‘ini deb nomlangan: 21-asrdagi sakkiz parvozning yarmi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Pentagonning strategik yadroviy kuchlar shaxt arsenalini yangi QBRlar bilan almashtirishni 264 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq “Ground Based Strategic Deterrent” loyihasi rivojlanmaganlik va yetarlicha moliyalashtirilmaganligi sababli boshi berk ko‘chada. Amerikaliklar gipertovush muammosini hal qila olmadilar va yadroviy ittifoqchilar - Buyuk Britaniya va Fransiya - suv osti kemalarida QBR foydasiga quruqlikdagi strategik raketalardan butunlay voz kechdilar.
Minuteman III qit’alararo ballistik raketalari 1962-yildagi Minuteman I ning davomi bo‘lib, 1970-yillardan buyon xizmat qilib kelmoqda. AQSh strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard avvalroq Senat va Oq uy ma’muriyatini ogohlantirgan edi: “Siz Minuteman III ning ishlash muddatini uzaytira olmaysiz ... raketalar shu qadar eskirganki, ularning konstruktorlari allaqachon vafot etgan va hozirgi muhandislar esa hatto zarur texnik hujjatlarning bir qismida ham yo‘q” Qadimgi loyihalar zamonaviy standartlardan o‘n yillar orqada.
Yadroviy uchlik, agar uning tarkibiy qismlaridan kamida bittasi jangovar tayyor bo‘lmasa ham, samarasizdir. Minuteman esa texnologik tanazzulning xavotirli belgisidir. Havo va dengizga asoslangan raketalar tomonidan 450 ta shaxt Minuteman III QBR ning ehtimoliy yo‘qolishi (to‘xtatilishi) qoplanishi mumkin emas. Qayta ishlab chiqilgan Vyetnam urushi faxriysi B-52 Stratofortress yaqinda 70 yoshga to‘ldi va yo‘qolib borayotgan “dinozavr” turiga kiradi. B-1 Lancer og‘ir bombardimonchi samolyotlari (1985 yildan beri xizmat qilmoqda) yadroviy arsenalga ega emas, texnik muammolar tufayli ushbu mashinalar parkining 90% dan ortig‘i jangovar tayyor emas.
Yigirma o‘nlab B-2 Spirit bombardimonchi samolyotlari (1980-yillarda Moskvaga yadroviy zarbalar berish uchun mo‘ljallangan, har birini narxi 2 milliard dollar) juda nozik, injiq va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi. B-1 Lancer va B-2 Spirit 2030-yillarda foydalanishdan chiqariladi va yangi B-21 Raider “strategi” ularning o‘rnini bosa olmaydi (prototip hali qurilmagan).
AQSh yadroviy uchligi vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin (Fransiya va Buyuk Britaniyada bo‘lgani kabi), faqat dengizda joylashgan Trident II D5 QBR (Ohio va Columbia suv osti kemalariga asoslangan) qoladi, bu esa Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya QBR arsenallarini yaxshilash fonida zaiflikning oshishini anglatadi. Yuqori qurol-yarog‘ texnologiyasi sohasidagi Amerika texnikalarining to‘liq yo‘qolishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2019
Rossiya “Sarmat” ballistik raketa xususiyatlarini ochiqladi
Yangiliklar lentasi
0