https://oz.sputniknews.uz/20220622/chirchiqda-rossiya-hamkorligida-qoshma-korxona-ishga-tushiriladi-25546422.html
Chirchiqda Rossiya hamkorligida qo‘shma korxona ishga tushiriladi
Chirchiqda Rossiya hamkorligida qo‘shma korxona ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi korxonaning ishga tushishi natijasida poyabzal sanoatida butlovchi mahsulotlar mahalliylashtiriladi va poyabzal tannarxi sezilarli darajada kamayadi. 22.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-22T15:41+0500
2022-06-22T15:41+0500
2023-04-05T18:38+0500
iqtisod
chirchiq
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25546134_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_a41534929be2071ea96270755a9639a1.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qozon sintetik kauchuk zavodi hamkorligida qo‘shma korxona ishga tushiriladi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi xabar berdi.“O‘zcharmsanoat” uyushmasida “Qozon sintetik kauchuk zavodi” OAJ vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekistonda poyabzal sanoati uchun butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qo‘shma korxonani ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqildi.Aytilishicha, Rossiyaning kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mazkur korxona yaqin kunlarda poyabzal sanoati uchun talab yuqori bo‘lgan poliuretan va kauchuk birikmalari kabi kimoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda.O‘zbekistonga hozirgi kunda poliuretan va kauchuk aralashmalari asosan xorijdan keltiriladi. Yangi korxonaning ishga tushishi natijasida butlovchi mahsulotlar mahalliylashtiriladi va poyabzal tannarxi sezilarli darajada kamayadi.O‘zcharmsanoat yangi qo‘shma korxonaga tarmoqlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi.Ma’lumot uchun, Qozon sintetik kauchuk zavodi Rossiyadagi neft-kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavodda MDH davlatlari va uzoq xorij mamlakatlarida sanoatning turli tarmoqlari uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ayni vaqtda korxonada 160 nomdagi mahsulot tayyorlanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25546134_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_051972c57511f91ad367f45b173a24e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, chirchiq, rossiya
iqtisod, chirchiq, rossiya
Chirchiqda Rossiya hamkorligida qo‘shma korxona ishga tushiriladi
15:41 22.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Yangi korxonaning ishga tushishi natijasida poyabzal sanoatida butlovchi mahsulotlar mahalliylashtiriladi va poyabzal tannarxi sezilarli darajada kamayadi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qozon sintetik kauchuk zavodi hamkorligida qo‘shma korxona ishga tushiriladi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi xabar
berdi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasida “Qozon sintetik kauchuk zavodi” OAJ vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda poyabzal sanoati uchun butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qo‘shma korxonani ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, Rossiyaning kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mazkur korxona yaqin kunlarda poyabzal sanoati uchun talab yuqori bo‘lgan poliuretan va kauchuk birikmalari kabi kimoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda.
“Mamlakatda yillik ishlab chiqarish quvvatini hisobot davri oxiriga qadar 205 mln juftga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu esa ayni yo‘nalishda katta hajmdagi butlovchi qismlar va xom ashyoga talabni oshiradi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonga hozirgi kunda poliuretan va kauchuk aralashmalari asosan xorijdan keltiriladi. Yangi korxonaning ishga tushishi natijasida butlovchi mahsulotlar mahalliylashtiriladi va poyabzal tannarxi sezilarli darajada kamayadi.
O‘zcharmsanoat yangi qo‘shma korxonaga tarmoqlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi.
Ma’lumot uchun, Qozon sintetik kauchuk zavodi Rossiyadagi neft-kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavodda MDH davlatlari va uzoq xorij mamlakatlarida sanoatning turli tarmoqlari uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ayni vaqtda korxonada 160 nomdagi mahsulot tayyorlanmoqda.