Rossiya Turkiyani Suriyadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda

© REUTERS / STRINGERTureskiy voyenniy konvoyv Kilise, nedaleko ot turesko-siriyskoy granisi
Tureskiy voyenniy konvoyv Kilise, nedaleko ot turesko-siriyskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Qozog‘iston poytaxtida Rossiya, Turkiya, Eron, Suriya va BMT vakillari ishtirokida Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Moskva Turkiyaning Suriya Arab Respublikasi hududidagi operatsiyasini asossiz deb hisoblaydi va Anqarani muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi. Bu haqda Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev ma’lum qildi.
Lavrentyev shuningdek, Suriyani barqarorlashtirishga qaratilgan "Ostona muzokaralari" chog‘ida ishtirokchilar vaziyatni "joyda" muhokama qilishga kelishib olishganiga alohida urg‘u berib o‘tdi.
"Bu, ayniqsa, Turkiya prezidentining Suriya shimolida kurd tuzilmalariga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish bo‘yicha e’lon qilgan rejalari nuqtayi nazaridan juda muhim. Bizning fikrimizcha bu mamlakatda vaziyatni beqarorlashishiga hamda qurolli qarama-qarshilikning yangi bosqichga chiqishiga olib keladigan asossiz qadam bo‘ladi", - deya Lavrentiyevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Turkiyani muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqchi. “O‘z navbatida, biz bu borada har tomonlama yordam berishga tayyormiz”, — dedi Lavrentiyev.
Shuningdek, u Nur-Sultondagi muzokaralarda qochqinlar masalasini ham muhokama qilish rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda (15-16 iyun) Qozog‘iston poytaxtida "Ostona muzokaralarining" kafil davlatlari (Rossiya, Turkiya, Eron), Suriya hukumati va muxolifati hamda BMT vakillari ishtirokida Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0