Namanganda chet tillari instituti tashkil etildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGlobus
Globus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi.
Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikati bor abituriyentlarga ushbu fandan ijodiy imtihonsiz maksimal ball beriladi.
Talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam bo‘lmagan sertifikatga ega o‘qituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab institutning o‘quv jarayoniga til egasi bo‘lgan malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.
Talabalar o‘quv va ilmiy amaliyotlarini xorijiy davlatlarda o‘taydilar.
2023 yil 1-yanvarga qadar Ijod maktabi o‘quvchilari uchun “Tarjimonlar klubi”ni tashkil etiladi.
2023 yil 1-yanvarga qadar 1 000 o‘rinli yangi o‘quv bino va 400 o‘rinli talabalar turar joyiniqurish uchun yer uchastkasi ajratiladi.
Olis hududlardan va xorijiy mamlakatlardan kelib dars beradigan professor-o‘qituvchilar institutga yaqin hududda joylashgan ko‘p qavatli uy-joylardan xizmat uylari sifatida foydalanadilar.
2023 yildan boshlab institutga doktorantura bo‘yicha qabul kvotalari ajratiladi.
Oliy ta’lim dargohi o‘z faoliyatini ma’rifatparvar olim, sharq va g‘arb tillarining bilimdoni Ishoqxon Ibratning yorqin xotirasi hamda nomini abadiylashtirish, viloyatda xorijiy tillarni mukammal egallagan, chuqur bilimga ega bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0