Qashqadaryo va Jizzax viloyatining tog‘li hududlarida qor yog‘di – foto, video

© Foto: Dehqonobod tumani hokimligiDehqonobod tumani tog‘larida yoqqan qor
Dehqonobod tumani tog‘larida yoqqan qor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2022
Obuna bo‘lish
Dehqonobod, Kitob, Zomin tumanlarida joylashgan tog‘larda qor yog‘di.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Havo harorati pasayishi tufayli Qashqadaryo va Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qor yog‘di.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod va Kitob tumanlarida va Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan tog‘larda qor yoqqan.
Dehqonobod tumani hokimligi e’lon qilgan suratlardan yerlar oppoq bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Kitob va Zomin tumani baland tog‘li hududlarida ham qor yog‘moqda.
O‘zgidromet 22-may kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati 7-12 daraja bo‘lishini xabar qilgan. Shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0