Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Donbass muammosini tinchlik yo‘li bilan hal qilishga imkoniyat berishmaganini aytdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna bo‘lish
Putin: Rossiyaga Donbass muammosini tinchlik yo‘llari bilan hal qilishga biror ham imkoniyat berishmadi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni istardi, biroq unga bu imkoniyatni berishmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin halok bo‘lgan DXR “Sparta” bataloni komandiri Vladimir Joganing otasi Artom Joga bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Agar bu muammoni hal etishning boshqa, tinchlik yo‘llari bilan hal etishning hech bo‘lmaganda bitta imkoniyati bo‘lganida edi, biz, albatta, bu imkoniyatdan foydalangan bo‘lardik. Biroq bizga bu imkoniyatni qoldirishmadi, shunchaki berishmadi”, - dedi Rossiya rahbari.
“Mo‘ljallangan barcha rejalar bajarilmoqda, natijaga erishiladi. Bu borada hech qanday shubha yo‘q”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0