https://oz.sputniknews.uz/20220503/shavkat-mirziyoev-toyib-erdogan-bilan-telefonda-suhbat-qildi-24331579.html
Shavkat Mirziyoyev Tayyip Erdog‘an bilan telefonda suhbat qildi
Shavkat Mirziyoyev Tayyip Erdog‘an bilan telefonda suhbat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ikki davlat munosabatlarning ildam va samarali rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etishdi. 03.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-03T09:42+0500
2022-05-03T09:42+0500
2022-05-03T17:53+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/855/43/8554382_16:0:997:552_1920x0_80_0_0_b3a6f9d5dfa0d3484cadc3624387721a.jpg
TOShKENT, 3-may- Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefonda suhbat qildi.Prezidentlar bir-birlarini va ikki davlat xalqini Ramazon hayti bilan tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildilar.Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston munosabatlarning ildam va samarali rivojlanib borayotgani ham katta mamnuniyat bilan qayd etildi.Ma’lumot uchun, yil boshidan ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 20 foizga oshgan. O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari davom ettirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/855/43/8554382_138:0:874:552_1920x0_80_0_0_b5838099e4bac0f39832d66084d640ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an
siyosat, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an
Shavkat Mirziyoyev Tayyip Erdog‘an bilan telefonda suhbat qildi
09:42 03.05.2022 (yangilandi: 17:53 03.05.2022) Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ikki davlat munosabatlarning ildam va samarali rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etishdi.
TOShKENT, 3-may- Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefonda suhbat qildi.
Prezidentlar bir-birlarini va ikki davlat xalqini Ramazon hayti bilan tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildilar.
Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston munosabatlarning ildam va samarali rivojlanib borayotgani ham katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ma’lumot uchun, yil boshidan ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 20 foizga oshgan. O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari davom ettirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.