Nega Islom dunyosini Rossiyaga qarshi “salib yurishi”ga jalb qilib bo‘lmaydi?
19:58 03.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Press-slujba prezidenta KazaxstanaUchastniki sammita arabo-islamskix stran i SShA v Er-Riyade
Obuna bo‘lish
AQSh Islom dunyosini Rossiyaga qarshi "salib yurishiga" harchand da’vat va po‘pisa qilmasin, 1.5 milliard musulmonlar bunga "yo‘q" deb javob qaytarishdi. Chunki ular allaqachon kim ikkiyuzlamachi bosqinchi-yu yana kim sodiq ittifoqchi tushunib yetishgan.
Ukrana tobora Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi jang maydoniga aylanib borar ekan, endi asosiy e’tibor g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning pozitsiyasiga qaratildi. Anglo-saksonlar an’anaga ko‘ra, sodir bo‘layotgan voqealarni ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, ya’ni Ukrainaga emas, balki butun dunyoga tahdid solayotgan "vahshiy va avtoritar" Rossiyaga qarshi demokratiyalarning global birlashuvi sifatida ko‘rsatishga harakat qilyapti. Bu uchun mamlakatlarga kim tomonda ekanligini aniqlab olish va tarixan haq tomonga o‘tish taklif qilinyapti.
Shu sababli asosiy e’tibor deyarli uch milliard aholi, juda yirik iqtisodiy va global ta’sirga ega, taraqqiy etgan mamlakatlar bo‘lmish Xitoy va Hindistonga qaratilgan. G‘arb Xitoyning Rossiya tomoniga o‘tganini (ya’ni u sanksiyalarga qo‘shilmoqchi emas va iloji boricha ehtiyotkorlik bilan ularni chetlab o‘tadi) noiloj qabul qildi va allaqachon Pekinga sanksiyalar oqibatlarini pesh qilib tahdid qilishga o‘tdi. Bunda Xitoy bilan iqtisodiy urush o‘z joniga qasd qilish bilan barobar bo‘lsada, G‘arb to‘xtayotgani yo‘q.
Bunda Dehli doimo milliy manfaatlaridan kelib chiqib ish tutishini aniq-ravshan tushuntirgan bo‘lsada, Hindistonga nisbatan o‘yinlar ham davom etapti. Hozir butun dunyo tartibini qayta qurish jadallashib, yangi davrni boshlab kelgan bir paytda va mamlakatning eng yangi tarixi ko‘rsatayotganidek, hindlar Rossiya tarafda bo‘lishni afzal ko‘rapti.
Ammo Xitoy va Hindistondan tashqari, uchinchi, ulardan kam bo‘lmagan kuch ham borki, uning fikri tarix shamoli qayerdan esayotganini tushunish uchun juda muhim va kerakli belgidir. Va adolatsizlik shundaki, unga ommaviy axborot maydonida deyarli e’tibor qaratilmagan.
Gap islom dunyosi haqida ketapti. Ya’ni, ikki milliard musulmon haqida emas, balki islomiy deb atash mumkin bo‘lgan 57 ta mamlakat haqida. Axir ularning barchasi Islom Davlatlari tashkilotiga a’zo va umumiy aholi soni 1,5 milliardni tashkil etadi. To‘g‘ri, islom olami siyosiy jihatdan birlashgan emas, hatto uning o‘zagi hisoblanmish arab dunyosi ham ko‘plab davlatlarga bo‘lingan. Lekin u shubhasiz, kelajakdagi ko‘p qutbli dunyoning (G‘arb bilan birga - AQSh va Yevropaga birlashgan yoki birlashmagan Xitoy, Hindiston, Rossiya, Janubi Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi kabi) eng muhim markazlardan biri hisoblanadi. Aynan Islom olamining pozitsiyasi Xitoy va Hindistonniki bilan birgalikda shuni tasdiqlaydiki, G‘arb gegemonligini yo‘q qilish jarayoni endi ortga qaytarilmas holga kelgan.
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin Islom olamining asosiy mamlakatlari G‘arbning Rossiyani yakkalashdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlamayotgani ayon bo‘ldi. Va bu faqat BMTda ovoz berish orqali (ularning aksariyati betaraf bo‘lgani) bilan emas, balki aniq harakatlar bilan sodir bo‘ldi. Saudiya Arabistoni va Turkiya, Amirliklar va Indoneziya, Misr va Pokiston, Eron va Jazoir-bu asosiy islomiy davlatlar Rossiyaga bosim o‘tkazishdan bosh tortgani holda vazmin pozitsiyada ekanini ma’lum qildi.
Hozirgi vaziyatda ularning rasmiy betarafligi G‘arbda “Rossiya tomonida” deb qabul qilinadi. Musulmonlarni pozitsiyasini o‘zgartirishga qaratilgan ko‘plab harakatlar hech qanday natija bermadi. Va shuning uchun anglo-saksonlarda endi islom olamiga bosim o‘tkazish vositalari qolmaganligi sababli musulmonlar dunyoning o‘zgaruvchan kuchlar muvozanatini obyektiv baholagani va eng muhimi, Islom mamlakatlari allaqachon ko‘proq mustaqillikka erisha olganidan dalolat.
AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tgan hafta “Ramshteyn” bazasida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada xorijiy davlatlardan imkon qadar ko‘proq ishtirok etishini ya’ni Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzishni istagani e’tiborga molik. Jang maydonida emas, balki harbiy ta’minot va Ukraina armiyasini qayta qurollantirish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali albatta. Qolaversa, AQShga g‘arblik bo‘lmagan ishtirokchilarning qurol yarog‘i ham, puli ham kerak emas. Balki aynan ishtirok etish haqiqati ko‘proq muhim, ya’ni ommaviy xarakter yaratish va G‘arb sa’y-harakatlarini qo‘llab- quvvatlashni namoyish qilish ko‘proq kerak.
Xo‘sh, natija qanday bo‘ldi? 42 ishtirokchidan 29 tasi NATOning (jumladan Turkiyaning boradigan joyi yo‘q) vakili edi. Alyansga qo‘shilish niyatida bo‘lgan Shvetsiya va Finlyandiya, anglo-sakson Avstraliya va Yangi Zelandiya, harbiy jihatdan AQShga qaram Yaponiya va Janubiy Koreya ham bor edi. Qolgan yettita davlatchi? Gruziya qatnashmadi (sanksiyalarga ham qo‘shilmadi), Isroil bormadi (Rossiya bilan munosabatlarini uzishni istamaydi), lekin Afrika mamlakatlari vakillari sifatida Keniya va Liberiya bor edi. Va to‘rtta arab davlati islom dunyosining G‘arb bilan ekanligining ramzi sifatida ishtirok etdi. Ammo kim va nima uchun keldi?
Qatar, Marokash, Iordaniya va Tunis. Bunda hammasi juda individual va Ukraina tomonda bo‘lishdan yiroq. Tunis Ukrana doniga qaram va yana ichki siyosiy keskinlashuv fonida narxlarning ko‘tarilib ketishi “arab bahoriga” (2011 yilning yanvar oyida shu sabab boshlangan) olib kelishini istamaydi.
Marokashdan Ukraina elchisi mart oyi oxirida chaqirib olingan edi. Chunki u na Rossiyani qattiq qoralash, na yordam va’dalariga erisha olish vazifalarini uddalay olmagan edi. Ammo hozir Marokash qo‘shnisi Jazoir (an’anaviy ravishda Rossiyaga yaqin) bilan munosabatlari keskinlashgan yana bir pallada, Rabot nafaqat Yevropa, balki AQSh bilan ham yaqin munosabatlarga ega ekanligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak.
Iordaniya qiroli Abdulla Putin bilan juda uzoq vaqt davomida yaxshi munosabatlarni (hattoki Suriyadagi operatsiya ham xalaqit bermadi) saqlabgina qolmay, balki G‘arb bilan doimiy o‘yinlar olib borib turibdi.
O‘n yil avval Rossiya bilan munosabatlari inqirozda bo‘lganQatar so‘nggi yillarda vaziyatni to‘g‘riladi- Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin mamlakat tashqi ishlar vaziri Moskvaga Lavrovning yoniga keldi. To‘g‘ri, Qatar Ukrainadan kelgan qochqinlarga yordam berish uchun besh milliard dollar xayriya qildi, biroq Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bundan tashqari, qirollik yaqin yillarda Rossiya gazidan voz kechilgani fonida Yevropaga suyultirilgan gaz etkazib berishni ko‘paytiradi (baribir Rossiya yetkazib beradigan gaz miqdoriga teng kela olmaydi). Ammo shunda ham bu yerda toza biznes, siyosat yo‘q.
Ya’ni, Ramshteyn konferensiyasining barcha to‘rtta islomiy ishtirokchisini u yoki bu darajada Amerika ittifoqchilari deb atash mumkin, ammo Rossiyaga qarshi va Ukrainaga bilan birdam koalitsiya a’zolari deb bo‘lmaydi. Chunki, xuddi Yevropa yoki Avstraliya bilan Yaponiyadan farqli o‘laroq, ular Amerika chizig‘ini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Rossiya bilan munosabatlari qurbon qilmoqchi emas. Hech bo‘lmaganda Vashingtonni mamnun qilish uchun Ukraina bilan birdam ekanligini ko‘rsatishga tayyor.
Ammo shu bilan birga, bu to‘rt arab davlatining ishtiroki baribir islom olamida tanqidlarga sabab bo‘ldi: nega amerikaliklar bilan birdamlik namoyish etish kerak? Hech qanday sababsiz Yaqin Sharqni ag‘darib tashlaganlar – Iroqqa bostirib kirishning o‘zi yetarli– va endi ikkiyuzlamachilik bilan Rossiyani “beg‘araz tajovuz”da ayblayotganlar bilan birdamlikni ko‘rsatishning nima keragi bor?
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yaqin Sharqdagi va umuman islom olamida uzoq vaqtdan buyon nihoyatda salbiy obro‘ga ega bo‘lib kelgan. Agar ilgari davlatlar birinchi navbatda “arab ko‘chasi” va islom ommasi orasida mashhur bo‘lmagan bo‘lsa (birinchi navbatda Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun), so‘nggi yigirma yil ichida bunga yana ikki omil qo‘shildi.
Iroq va Afg‘onistonni bosib olishning oqibatlari, Liviyani mag‘lub etishda ishtiroki va Suriyadagi harbiy mavjudlik-ya’ni AQShklassik bosqinchi va mustamlakachi sifatida harakat qilgan. Bu uni ilgari yankilar qarshi chiqqan inglizlar va fransuzlar bilan tenglashtirdi. Oddiy musulmonlar uchun Qo‘shma Shtatlar tajovuzkor davlatga aylandi, yana “noan’anaviy”, ya’ni islomga qarshi qadriyatlarni hisobga oladigan davlatga ham.
Avvalari anglo-saksonlar musulmonlarni shimoldan keladigan “SSSRning dahshatli ateistlari” bilan cho‘chitgan bo‘lsa, endi Islom olami kim- kim ekanini o‘zi bilib oldi.
Islom elitasi, hukmron tabaqa uchun esa, amerikaliklarning “arab bahori”ni qo‘llab-quvvatlashi barcha nomuvofiqligi va uyatchanligi bilan juda samarali bo‘ldi. Avvaliga Qo‘shma Shtatlar tizimga qarshi “Musulmon birodarlar”ni* qo‘llab, Misrning Muboragidan yuz o‘girdi, keyin esa Asad muammosini hal qilish haqidagi va’dasini bajarmadi. Ya’ni, arab hukmdorlari AQShning xiyonat qilishga, va’dasiga turmay, bir vaqtning o‘zida pand berishga qodir ekanini ko‘rdi - bu zaiflashib borayotgan gegemoniyaga nisbatan ishonchsizlikning so‘nggi tomchisi bo‘ldi.
Shu bois oxirgi yillarda xuddi shu arab dunyosida AQSh faqat Eronga qarshi karta o‘ynab, arablarni “shia nayzasi”, “atom bombasiga ega oyatullohlar” bilan cho‘chitib qo‘yishi mumkin edi. Ammo bu yerda ham keng koalitsiya tuzib bo‘lmadi va Vashingtonning o‘zi Tehron bilan yadroviy bitim tuzishdan undan chiqishga shoshildi.
Rossiya va Xitoy esa bu vaqt davomida islom olami bilan turli yo‘llarda, lekin juda samarali hamkorlik qilib keldi. Bizning pozitsiyalarimiz Suriya operatsiyasi tufayli ancha mustahkamlandi (ittifoqchilikdagi izchillik va sodiqlikni saudiyaliklar yuqori baholagan). Xitoy anglo-sakslarning “Sinszandagi musulmonlar genotsidi” haqidagi umumislomiy to‘lqinni qo‘zg‘atishga bo‘lgan barcha urinishlariga qaramay, iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va infratuzilma loyihalarini ilgari surishda davom etdi.
Natijada, 2022-yilga kelib, Islom ummati dunyoda kechayotgan jarayonlar haqida yetarlicha aniq tasavvurga ega bo‘ldi. Sharq kuchayib bormoqda, G‘arb o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda – va Sharqning bir qismi bo‘lgan Islom olamining 24-fevraldan keyin ikkilanishga hech qanday asos yo‘q edi.
O‘zini “erkin dunyo yetakchisi” deb hisoblaydiganlar qanchalik bosim o‘tkazmasin, musulmonlar uchun haqiqiy imperialist va bosqinchilar Rossiya emas, balki - G‘arb, ular musulmonlarning tinchligi va qadriyatlariga haqiqiy tahdid bo‘lib qoladi.
Va “salib yurishlari” bilan G‘arb bir musulmonlarga emas, balki pravoslavlarga ham qarshi chiqdi. Buni nafaqat Rossiyada, balki islom olamida ham yodda tutishadi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot