Mehnat migrantlari oila a’zolariga 1-maydan qanday yordam ko‘rsatila boshlanadi?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroitelnoy ploshadke
Rabochiy na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2022
Obuna bo‘lish
Moddiy yordam har yili bir marotaba hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 3-may - Sputnik. Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga 1-may sanasidan boshlab bir martalik moddiy yordam ko‘rsatila boshlaydi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, moddiy yordam har yili bir marotaba hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan ko‘rsatiladi.
Moddiy yordam olish uchun asooslar:
boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.
Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar beriladi.
Ma’lumot uchun, Tashki mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlatlarda ish o‘rinlari topishda, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga turli kerakli yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingan. Agentlik, shuningdek, xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yuridik va moddiy yordam ko‘rsatish, kerak bo‘lganda vataniga qaytarish kabi faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Yangiliklar lentasi
0