https://oz.sputniknews.uz/20220428/egizbuloqdagi-seldan-song-suv-va-tuproqlarda-bakteriyalar-aniqlanmadi-24259988.html
Egizbuloqdagi seldan so‘ng suv va tuproqlarda bakteriyalar aniqlanmadi
Egizbuloqdagi seldan so‘ng suv va tuproqlarda bakteriyalar aniqlanmadi
Sputnik O‘zbekiston
Seldan zarar ko‘rgan huddudagi xonadonlar dezinfeksiya qilindi. Uy hayvonlari esa quturish va kuydirgiga qarshi emlangan. 28.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-28T13:32+0500
2022-04-28T13:32+0500
2022-04-28T13:32+0500
jamiyat
sel
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/18/24171548_0:16:640:376_1920x0_80_0_0_b6c63e5ce003a0e8c6fa2b05a59b7e41.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Egizbuloqda olingan tahlil namunalarida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi virus va bakteriyalar aniqlanmadi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar bermoqda.20 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Forish tumani Egizbuloq qishlog‘ining Bog‘iston va Cho‘lpon ko‘chalarida joylashgan aholi turar-joylari sel oqimlaridan zarar ko‘rdi.Xabarda aytilishicha, sel suvlarining bir qismi qishloqning yuqori qismida joylashgan “Boyqo‘chqor ota” qabristonidagi 100 dan ortiq qabrlarga ham ziyon yetkazdi.Egizbuloq qishlog‘ida tashkil etilgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabi hududda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi hamda zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirdi. Forish tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari qabristonda zarar ko‘rgan 62 ta qabrdagi jasadlarni sanitariya qoidalariga muvofiq qayta ko‘mishdi. Qabriston hududi obodonlashtirilib, seldan zarar ko‘rgan ariq va soylar tozalandi. Ayni paytda qabristonning yordamchi binosi qayta tiklanmoqda.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari esa zararlangan hududlarda to‘plangan 46 ta uy hayvonlarining jasadini sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘mishdi. It va mushuklar quturishga qarshi, yirik hamda mayda shoxli uy havonlari kuydirgiga qarshi vaksina bilan emlandi.Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va “Toza hudud” DUK tomonidan 1184 tonnadan ortiq chiqindi tozalandi. Ular o‘rnatilgan tartibda zararsizlantirildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi maxsus texnika yordamida qabriston, uning atrofi hamda hayvon jasadlari ko‘milgan joylarni to‘liq dezinfeksiya qildi.Jizzax va Samarqanddagi sel talofatlari haqida ma’lumot berildiSeldan zararlangan aholi yashash xonadonlarida dezinfeksiyalash ishlari olib borildi. Ularga gumanitar yordamlarar qabul qilish, saqlash va tarqatish jarayonida sanitariya talablariga rioya etilishi nazoratga olindi.Hozirda “Jizzax suv ta’minoti” MChJ tomonidan 4 ta maxsus texnika yordamida aholiga muntazam ravishda toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 3 ta tez tibbiy yordam brigadasi tashkil etilgan. Qishloq aholisini 158 nafar tibbiyot xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.Shu bilan birga, hududdagi toza suv, qabristondagi ariq suvlari hamda tuproq namunalari laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Olingan xulosalarga ko‘ra, barcha tahlil natijalari meyorida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi virus va bakteriyalar aniqlanmadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Egizbuloq” mahallasida kuchli sel oqibatlarini bartaraf etish va zarar ko‘rgan mahalla uchun gumanitar yordam ko‘rsatish ishlari boshlangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/18/24171548_60:0:581:391_1920x0_80_0_0_016e7b7eccd134f6ec4be30f0fe89904.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sel, jizzax
Egizbuloqdagi seldan so‘ng suv va tuproqlarda bakteriyalar aniqlanmadi
Seldan zarar ko‘rgan huddudagi xonadonlar dezinfeksiya qilindi. Uy hayvonlari esa quturish va kuydirgiga qarshi emlangan.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Egizbuloqda olingan tahlil namunalarida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi virus va bakteriyalar aniqlanmadi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi
xabar bermoqda. 20 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Forish tumani Egizbuloq qishlog‘ining Bog‘iston va Cho‘lpon ko‘chalarida joylashgan aholi turar-joylari sel oqimlaridan zarar ko‘rdi.
Xabarda aytilishicha, sel suvlarining bir qismi qishloqning yuqori qismida joylashgan “Boyqo‘chqor ota” qabristonidagi 100 dan ortiq qabrlarga ham ziyon yetkazdi.
Egizbuloq qishlog‘ida tashkil etilgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabi hududda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi hamda zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirdi.
Forish tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari qabristonda zarar ko‘rgan 62 ta qabrdagi jasadlarni sanitariya qoidalariga muvofiq qayta ko‘mishdi. Qabriston hududi obodonlashtirilib, seldan zarar ko‘rgan ariq va soylar tozalandi. Ayni paytda qabristonning yordamchi binosi qayta tiklanmoqda.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari esa zararlangan hududlarda to‘plangan 46 ta uy hayvonlarining jasadini sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘mishdi. It va mushuklar quturishga qarshi, yirik hamda mayda shoxli uy havonlari kuydirgiga qarshi vaksina bilan emlandi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va “Toza hudud” DUK tomonidan 1184 tonnadan ortiq chiqindi tozalandi. Ular o‘rnatilgan tartibda zararsizlantirildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi maxsus texnika yordamida qabriston, uning atrofi hamda hayvon jasadlari ko‘milgan joylarni to‘liq dezinfeksiya qildi.
Seldan zararlangan aholi yashash xonadonlarida dezinfeksiyalash ishlari olib borildi. Ularga gumanitar yordamlarar qabul qilish, saqlash va tarqatish jarayonida sanitariya talablariga rioya etilishi nazoratga olindi.
Hozirda “Jizzax suv ta’minoti” MChJ tomonidan 4 ta maxsus texnika yordamida aholiga muntazam ravishda toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 3 ta tez tibbiy yordam brigadasi tashkil etilgan. Qishloq aholisini 158 nafar tibbiyot xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Shu bilan birga, hududdagi toza suv, qabristondagi ariq suvlari hamda tuproq namunalari laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Olingan xulosalarga ko‘ra, barcha tahlil natijalari meyorida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi virus va bakteriyalar aniqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Egizbuloq” mahallasida kuchli sel oqibatlarini bartaraf etish va zarar ko‘rgan mahalla uchun gumanitar yordam ko‘rsatish ishlari
boshlangan edi.