Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qandli diabetga chalingan bolalar qanday parhez qilishi kerak?

© Foto : Christiaan TriebertIgrushka medvedya v detskoy bolnichnoy palate
Igrushka medvedya v detskoy bolnichnoy palate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna bo‘lish
Bolalarda qandli diabetning 1-turini davolash asosan parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iborat.
Butun dunyoda bolalar orasida tobora ko‘proq uchraydigan qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak? SSV ko‘pchillik ota-onalarni qiziqtirgan ushbu savolga batafsil javob berdi.
Bugungi kunda qandi diabetga chalingan bolalar tobora ko‘payib borayotgani dunyo ahlini jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu kasallik yosh bolalar, hatto, chaqaloqlar orasida ham ko‘p uchramoqda, - deydi Respublika endokrinologiya markazining bolalar endokrinologiyasi bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimova.
— Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda. Organizmda insulin yetishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni ko‘p miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi.
Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga o‘tadi. Agar qat’iy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik ta’minlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan bo‘ladi. Agar aksi bo‘lsa, ko‘z, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi.
Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo‘y o‘smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari ro‘y beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.
Farzandiga qandli diabet 1-tur tashxisi qo‘yilgan ota-onalar dastlab o‘g‘il-qizlarining maxsus maktablar, ya’ni diabet: o‘z-o‘zini nazorat qilish maktablarida ta’lim olishlariga sharoit yaratishi shart. Bunday maktablar har bir viloyat endokrin dispanserlari qoshida ochilgan.
Bu yerda diabetga chalingan bolalar o‘z-o‘zini nazorat qilishi, gipoglikemiya va ketoatsedozga shubha qilinganda qondagi glyukozani aniqlashni o‘rganadi, - deydi shifokor.

Diabetga chaningan bolalar qanday parhez qilishi kerak?

Shahnoza Azimovaning ta’kidlashicha, ushbu kasallikka chalingan bolalar kundalik ratsioniga taomnomasiga oqsil, yog‘, uglevod, vitamin va mikroelementlar kiritiladi. Uglevodlarni iste’mol qilishda ularning glikemik indeksiga e’tibor beriladi. Glikemik indeksi past bo‘lgan mahsulotlar, masalan, dukkaklilar, suli, sabzavotlar qondagi qand miqdorini sekin ko‘taradi.
Diabet bilan og‘rigan bolalar kun davomida 5-6 mahal ovqatlanishi, jumladan, 3 mahal asosiy taomlanish va oraliq vaqtda qo‘shimcha ovqatlanish tavsiya etiladi.
Parhezga rioya qilinganda qondagi qand miqdorining keskin ortishi va shu bilan birga, qandning turli a’zo va to‘qimalarga nojo‘ya ta’siri oldi olinadi, qabul qilinayotgan insulin dozasini korreksiyalash oson bo‘ladi.
Shuning uchun bolalar va ularning ota-onalari iste’mol qilinayotgan uglevodlarni hisoblashni bilishlari lozim.
Diabet o‘zbekcha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2017
Qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0