https://oz.sputniknews.uz/20220422/jizzaxda-seldan-zarar-korgan-mahalla-uchun-gumanitar-yordam-toplandi-24150771.html
Jizzaxda seldan zarar ko‘rgan mahalla uchun gumanitar yordam to‘plandi
Jizzaxda seldan zarar ko‘rgan mahalla uchun gumanitar yordam to‘plandi
Sputnik O‘zbekiston
Seldan eng ko‘p zarar ko‘rgan "Egizbuloq” mahallasiga barcha tumanlardan gumanitar yordam olib kelinmoqda. Bular oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari... 22.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-22T19:06+0500
2022-04-22T19:06+0500
2022-04-22T19:06+0500
jamiyat
jizzax
sel
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/16/24150871_0:94:1000:657_1920x0_80_0_0_b006e3f4248068f3a62807ffde084696.jpg
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida kuchli sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Jizzax viloyati hokimligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, tuman korxonalari vakillari vhamda ko‘ngilli yoshlar faol ishtirok etib, aholi xonadonlari, tomorqalari, mahallaning ichki yo‘llari oqiziqlar, qum-shag‘aldan tozalanyapti. Shuningdek, Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 129 nafar ishchilari sel oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda.“Egizbuloq” mahallasiga viloyatdagi barcha tumanlardan va tashkilot, muassasalari mahallalardan jamlangan gumanitar yordam kelishi davom etmoqda. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, qurilish materiallaridan iborat gumanitar yordam mahalladagi 15-umumta’lim maktabiga to‘planib, seldan talofat ko‘rgan mahalla aholisiga yetkazib berilayapti.Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel kelgan edi. tabiiy ofat oqibatida aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari barbod bo‘lgan, 5 kishi qurbon bo‘lgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/16/24150871_0:0:1000:750_1920x0_80_0_0_9ba08a233390ec2087e506b63ff71b62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jizzax, sel, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
jamiyat, jizzax, sel, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
Jizzaxda seldan zarar ko‘rgan mahalla uchun gumanitar yordam to‘plandi
Seldan eng ko‘p zarar ko‘rgan "Egizbuloq” mahallasiga barcha tumanlardan gumanitar yordam olib kelinmoqda. Bular oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va boshqalar.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida kuchli sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Jizzax viloyati
hokimligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, tuman korxonalari vakillari vhamda ko‘ngilli yoshlar faol ishtirok etib, aholi xonadonlari, tomorqalari, mahallaning ichki yo‘llari oqiziqlar, qum-shag‘aldan tozalanyapti.
Shuningdek, Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 129 nafar ishchilari sel oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda.
“Egizbuloq” mahallasiga viloyatdagi barcha tumanlardan va tashkilot, muassasalari mahallalardan jamlangan gumanitar yordam kelishi davom etmoqda.
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, qurilish materiallaridan iborat gumanitar yordam mahalladagi 15-umumta’lim maktabiga to‘planib, seldan talofat ko‘rgan mahalla aholisiga yetkazib berilayapti.
Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel kelgan edi. tabiiy ofat oqibatida aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari barbod bo‘lgan, 5 kishi qurbon bo‘lgan edi.