Jizzaxdagi selda 4 kishi qurbon bo‘ldi - FVV

© PixabaySelevoy potok
Selevoy potok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzaxning Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel keldi.
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzaxdagi selda 4 kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqida FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish jarayonida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Forish tumanida 4 nafar fuqaroni (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqimlari oqizib ketish natijasida xalok bo‘lganligi aniqlandi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida sel keldi.
Ushbu tabiiy ofat oqibatida, ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Jizzax viloyatining "G‘allaorol" meteorologik stansiyasida 2 soat 5 minut oralig‘ida 31.5 mm yog‘in yog‘gan. Bu juda ko‘p miqdor va favqulodda vaziyatlar chiqaradigan daraja hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0