Jizzax viloyatining qator tumanlariga kuchli sel keldi – video

© PixabaySelevoy potok
Selevoy potok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlariga sel keldi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlariga sel keldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlangan.
Ayni paytda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
O‘zgidromet bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayevning ma’lum qilishicha, Jizzax viloyatining "G‘allaorol" meteorologik stansiyasida 2 soat 5 minut oralig‘ida 31.5 mm yog‘in yoqqan. Bu juda ko‘p miqdor va favqulodda vaziyatlar chiqaradigan daraja hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 18-21 aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli qator hududlarda, jumladan, Jizzax viloyatida sel kelish xavfi borligidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0