Serbiyada Rossiyani qo‘llab-quvvatlash mitingi o‘tkazildi

© Sputnik / Alexandar Djorovich / Mediabankka o‘tishUchastniki narodnogo mitinga v podderjku Rossii v Belgrade
Uchastniki narodnogo mitinga v podderjku Rossii v Belgrade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna bo‘lish
Belgradda bir necha ming kishi Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazdi.
Belgrad markazida Rossiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy mitingda bir necha ming kishi ishtirok etdi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
Aksiyaga Serbiya Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidan chiqishi uchun ovoz bergani sabab bo‘ldi.
Mitingda namoyishchilar 20 metrli Rossiya bayrog‘ini olib o‘tishdi, rus va serb qo‘shiqlar yangradi.
Namoyishchilar “Qrim – Rossiya, Kosovo – Serbiya, serblar va ruslar abadiy birodarlar” deb hayqirishdi.
So‘zga chiqqanlar Serbiya rasmiylarini Rossiyaga qarshi qilayotgan G‘arbni qoraladilar.
Prezident Vuchich Serbiya AQSh bosimi va shantajlari tufayli Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligi to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlaganini bildirgandi.
“Serbiya Yevropada Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmagan yagona davlatdir”, deb eslatdi u.
Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berishning dastlabki qarori betaraf qolish bo‘lgan edi. Ammo Belgradga juda katta bosim bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi ishtirokini to‘xtatgandi. Rezolyutsiya uchun 93ta davlat ovoz berdi. Qarshi – 24. Betaraf – 58.
Boltiqbo‘yi davlatlari, Moldova, Ukraina va Gruziya Rossiyaning BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasidagi faoliyatini to‘xtatib turish uchun ovoz berdi.
Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston qarshi ovoz berdi.
Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston ovoz bermadi.
Qarshi ovoz berganlar orasida Xitoy, Eron, Suriya, Kuba, Venesuela, Vyetnam ham bor.
Yangiliklar lentasi
0