AvtoVAZ O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishning to‘liq turkumini yo‘lga qo‘yishi mumkin

© Press-slujba"GM-AvtoVAZ" / Mediabankka o‘tish"AvtoVAZ" nachal vipuskat vnedorojniki Niva pod markoy Lada
AvtoVAZ nachal vipuskat vnedorojniki Niva pod markoy Lada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
AvtoVAZ Jizzax viloyatidagi zavodda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. AvtoVAZ Jizzax viloyatidagi zavodda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarishni kengaytirmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ma’lum qildi.
2021 yil sentabrida AvtoVAZ “Roodell” kompaniyasi bilan hamkorlikda Jizzaxda “Lada”ning bir necha modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Zligostevning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilda 4500 donagacha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, jami 650 dona mashina ishlab chiqarilgan.
“Korxonamiz nafaqat nomeklaturani, ya’ni faqat beshta model bilan cheklanib qolmasdan, balki umuman avtomobillarning katta miqdorini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida”, - dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili.
Toshkentdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan Samara viloyati salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev Jizzax viloyatida AvtoVAZ avtomobillarini ishlab chiqarishning to‘liq turkumi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan.
“Men hozir Xurram Teshaboyevning so‘zlarini aniq tasdiqlay olmayman, lekin bilamanki, korxonaning bunday rejalari bor edi”, - dedi Zligostev.

Mavzuga oid:

O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Lada avtomobillari sotuvi boshlandi - video
Yangiliklar lentasi
0