https://oz.sputniknews.uz/20220406/moskvadagi-vatandoshlar-ishtirokidagi-mojaroli-vaziyat-nazoratga-olindi--elchixona-23805486.html
Moskvadagi vatandoshlar ishtirokidagi mojaroli vaziyat nazoratga olindi – elchixona
Moskvadagi vatandoshlar ishtirokidagi mojaroli vaziyat nazoratga olindi – elchixona
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Hibsga olinganlar "mayda bezorilik" moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 06.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-06T12:36+0500
2022-04-06T12:36+0500
2022-04-06T12:36+0500
migratsiya
migrantlar
moskva
migratsiya
elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/624/42/6244225_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_b2c3260ee80dc0675af4878e281c6b3c.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvada mamlakat va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroli vaziyatni nazoratga oldi va Rossiyaning tegishli tuzilmalari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda “Dunyo” AA elchixona bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.Diplomatik missiya ma’lumotiga ko‘ra, 1-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da politsiya Shelepixinskaya naberejnayada joylashgan 34/7-uy hududida fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro haqida xabar olgan.Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan politsiya xodimlari ehtimoliy noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olgan. Jabr ko‘rganlar yo‘q. Mojaro ishtirokchilari surishtiruv ishlarini o‘tkazish uchun hududiy ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Ushbu mojaro maishiy sabablar tufayli yuzaga kelgan, deya ta’kidlamoqda konsullik bo‘limi vakillari.Hibsga olinganlar "mayda bezorilik" moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Sud organlari fuqarolarni ma’muriy hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ichki ishlar xodimlari sudga huquqbuzarlarni Rossiya hududidan chiqarib yuborishga oid hujjatlar tayyorlamoqda.O‘zbekiston va Tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldiElchixona OAV xabarlarida mojaroda 120 ga yaqin kishi ishtirok etgani to‘g‘risida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan. Chunki bir guruh shaxslar yaqin atrofda bo‘lib, mojaroni kuzatib turgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/624/42/6244225_114:0:1014:675_1920x0_80_0_0_5b2d0497260d9bb4518fc3555177e8b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, moskva, migratsiya, elchixona
migratsiya, migrantlar, moskva, migratsiya, elchixona
Moskvadagi vatandoshlar ishtirokidagi mojaroli vaziyat nazoratga olindi – elchixona
Moskvada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Hibsga olinganlar "mayda bezorilik" moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvada mamlakat va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroli vaziyatni nazoratga oldi va Rossiyaning tegishli tuzilmalari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda “Dunyo” AA elchixona bayonotiga tayangan holda
xabar bermoqda. Diplomatik missiya ma’lumotiga ko‘ra, 1-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da politsiya Shelepixinskaya naberejnayada joylashgan 34/7-uy hududida fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro haqida xabar olgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan politsiya xodimlari ehtimoliy noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olgan. Jabr ko‘rganlar yo‘q. Mojaro ishtirokchilari surishtiruv ishlarini o‘tkazish uchun hududiy ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Ushbu mojaro maishiy sabablar tufayli yuzaga kelgan, deya ta’kidlamoqda konsullik bo‘limi vakillari.
Hibsga olinganlar "mayda bezorilik" moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Sud organlari fuqarolarni ma’muriy hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ichki ishlar xodimlari sudga huquqbuzarlarni Rossiya hududidan chiqarib yuborishga oid hujjatlar tayyorlamoqda.
Elchixona OAV xabarlarida mojaroda 120 ga yaqin kishi ishtirok etgani to‘g‘risida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan. Chunki bir guruh shaxslar yaqin atrofda bo‘lib, mojaroni kuzatib turgan.