https://oz.sputniknews.uz/20220404/vuchich-serbiya-prezidenti-saylovida-galaba-qozondi-23756610.html
Vuchich Serbiya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi
Vuchich Serbiya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi
Sputnik O‘zbekiston
Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan. 04.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-04T13:57+0500
2022-04-04T13:57+0500
2022-04-04T13:57+0500
dunyoda
serbiya
aleksandr vuchich
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23755355_0:29:3027:1732_1920x0_80_0_0_d9d0f19e750951dff69a7ad599b88218.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vuchich prezident saylovida g‘alaba qozondi. Bundan Serbiya Respublika saylov komissiyasi saytida ma’lumotlar darak bermoqda.Hisoblab bo‘lingan 90 foiz ovozlar ma’lumotlariga ko‘ra, Vuchich saylovning birinchi bosqichida saylovchilarning 59,55 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongan. Shu tariqa, Vuchich bu lavozimga qayta saylangan.Serbiyaning sobiq Bosh shtabi rahbari Zdravko Ponosh 17,53 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda. Milosh Yovanovich 5,82 foiz natija bilan hozircha uchinchi o‘rinda.3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.Yevropa hamjihatligi qog‘ozdagi ertak ekan: Serbiya prezidentiKuni kecha Aleksandr Vuchich Serbiya Rossiya bilan hamkorlik va do‘stlik munosabatlarini saqlab qolishga intilishini ma’lum qilgan edi. Mamlakat o‘zining harbiy betaraflik siyosatini davom ettiradi va biror bir harbiy blokka qo‘shilishdan voz kechadi.
serbiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23755355_88:0:2817:2047_1920x0_80_0_0_480e62b60194e21946f3c3fcfd512032.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, serbiya, aleksandr vuchich
dunyoda, serbiya, aleksandr vuchich
Vuchich Serbiya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi
Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vuchich prezident saylovida g‘alaba qozondi. Bundan Serbiya Respublika saylov komissiyasi saytida ma’lumotlar
darak bermoqda. Hisoblab bo‘lingan 90 foiz ovozlar ma’lumotlariga ko‘ra, Vuchich saylovning birinchi bosqichida saylovchilarning 59,55 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongan. Shu tariqa, Vuchich bu lavozimga qayta saylangan.
Serbiyaning sobiq Bosh shtabi rahbari Zdravko Ponosh 17,53 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda. Milosh Yovanovich 5,82 foiz natija bilan hozircha uchinchi o‘rinda.
3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.
Kuni kecha Aleksandr Vuchich Serbiya Rossiya bilan hamkorlik va do‘stlik munosabatlarini saqlab qolishga intilishini ma’lum qilgan edi. Mamlakat o‘zining harbiy betaraflik siyosatini davom ettiradi va biror bir harbiy blokka qo‘shilishdan voz kechadi.