https://oz.sputniknews.uz/20220404/kochmas-mulk-ijara-shartnomasi-faqat-elektron-shaklda-hisobga-qoyiladi-23766782.html
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumatning 150-sonli qarori bilan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
2022-04-04T18:53+0500
2022-04-04T18:53+0500
2022-04-04T18:53+0500
jamiyat
ko‘chmas mulk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23766746_0:17:3070:1744_1920x0_80_0_0_b4cdd8847206ebb5a7c52da2615f2f2f.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Hukumatning 2022-yil 2-apreldagi 150-sonli qarori bilan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart. Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga (tekin foydalanishga) olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.Shartnomani hisobga qo‘yish Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23766746_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_789fbdb096e0217302afa837fd16f99f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ko‘chmas mulk ijara shartnomasi elektron
ko‘chmas mulk ijara shartnomasi elektron
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Hukumatning 2022-yil 2-apreldagi 150-sonli qarori bilan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti
tasdiqlandi. Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart. Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga (tekin foydalanishga) olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.
Shartnomani hisobga qo‘yish Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.
Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.
Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi.