https://oz.sputniknews.uz/20220404/jizzaxda-ozbek-futbolining-110-yilligiga-bagishlangan-festival-bolib-otdi--video-23756012.html
Jizzaxda o‘zbek futbolining 110-yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi – video
Jizzaxda o‘zbek futbolining 110-yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi – video
Sputnik O‘zbekiston
O‘FA faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda futbol o‘yini ilk bor 1912-yilda Qo‘qonda paydo bo‘lgan. 04.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-04T13:34+0500
2022-04-04T13:34+0500
2022-04-04T13:50+0500
sport
jizzax
futbol
o‘fa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23757181_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_bdf406d941386f556894b839d180c0ca.jpg
TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Jizzaxda 1-2 aprel kunlari o‘zbek futbolining 110-yilligiga bag‘ishlangan futbol festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar qilmoqda.Festival munosabati bilan O‘FA rahbariyati va O‘zbekiston taniqli futbol yulduzlaridan iborat delgatsiya Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.Shundan so‘ng O‘FA delegatsiyasi va viloyat rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futboli faxriysi Birodar Abduraimov so‘zlariga ko‘ra Jizzaxda nafaqat futbolga va umuman sportning boshqa turlariga ham etibor katta. “Jizzax futbolchilari so‘nggi yillarda uchlikdan pastga tushgan yo‘q”, - deb uning so‘zlarini keltiradi “O‘zbekiston 24”.Tadbir doirasida shuningdek O‘FA va Jizzax viloyati futbol faxriylari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning dastlabki gollariga Azamat Abduraimov va Qobul Aliqulovlar mualliflik qilishdi. Yakuniy hisob 3:3 bo‘ldi.Shundan so‘ng mehmonlar Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, “So‘g‘diyona” PFK futbol akademiyasi, viloyat FMMlarining yangi qurilgan binolarida futbol bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.Festivalning ikkinchi kunida “So‘g‘diyona” markaziy stadioni zaxira maydonida muxlislar bilan o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi hamda estrada yulduzlarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘FA vitse-prezidenti Odil Axmedov so‘zga chiqib o‘zbek futbolining 110-yilligi bilan barcha yurtdoshlarni tabrikladi va Jizzaxda ochilishi rejalashtirilayotgan futbol akademiyasni yuqori baholadi.Tadbir yakunida “Superliga-2022” chempionatining “So‘g‘diyona”–“Olimpik” jamoalari uchrashuvi o‘rin oldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23757181_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_02fd0a517832f972e70ba9bab2a2105b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, jizzax, futbol, o‘fa
sport, jizzax, futbol, o‘fa
Jizzaxda o‘zbek futbolining 110-yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi – video
13:34 04.04.2022 (yangilandi: 13:50 04.04.2022) O‘FA faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda futbol o‘yini ilk bor 1912-yilda Qo‘qonda paydo bo‘lgan.
TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Jizzaxda 1-2 aprel kunlari o‘zbek futbolining 110-yilligiga bag‘ishlangan futbol festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar qilmoqda.
Festival munosabati bilan O‘FA rahbariyati va O‘zbekiston taniqli futbol yulduzlaridan iborat delgatsiya Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar viloyatda sport rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan 85 yoshli faxriy sportchi Bahrom Siddiqov hamda taniqli futbolchi Narimon Abibullayev xonadonlarida bo‘lib, ularni o‘zbek futbolining 110-yilligi bilat tabriklab ularga ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Shundan so‘ng O‘FA delegatsiyasi va viloyat rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futboli faxriysi Birodar Abduraimov so‘zlariga ko‘ra Jizzaxda nafaqat futbolga va umuman sportning boshqa turlariga ham etibor katta. “Jizzax futbolchilari so‘nggi yillarda uchlikdan pastga tushgan yo‘q”, - deb uning so‘zlarini keltiradi “O‘zbekiston 24”.
Tadbir doirasida shuningdek O‘FA va Jizzax viloyati futbol faxriylari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning dastlabki gollariga Azamat Abduraimov va Qobul Aliqulovlar mualliflik qilishdi. Yakuniy hisob 3:3 bo‘ldi.
Shundan so‘ng mehmonlar Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, “So‘g‘diyona” PFK futbol akademiyasi, viloyat FMMlarining yangi qurilgan binolarida futbol bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Festivalning ikkinchi kunida “So‘g‘diyona” markaziy stadioni zaxira maydonida muxlislar bilan o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi hamda estrada yulduzlarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘FA vitse-prezidenti Odil Axmedov so‘zga chiqib o‘zbek futbolining 110-yilligi bilan barcha yurtdoshlarni tabrikladi va Jizzaxda ochilishi rejalashtirilayotgan futbol akademiyasni yuqori baholadi.
Tadbir yakunida “Superliga-2022” chempionatining “So‘g‘diyona”–“Olimpik” jamoalari uchrashuvi o‘rin oldi.