Rossiya elchixonasi O‘zbekiston musulmonlarini Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Xazrati-Imom
Mechet Xazrati-Imom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya elchixonasi O‘zbekiston musulmonlarini Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi respublika musulmonlarini Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi.
Elchixona xodimlari barchaga tinchlik, mehr-oqibat, totuvlik va oilaviy farovonlik tiladi.
Ramazon oyi 2-apreldan boshlandi. “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Ramazon oyi milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2022-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining 2022-yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi.
2022 yil uchun zakot nisobini (85 gramm tilladan) 34 million so‘m deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya’ni zakot uchun chiqariladigan qismi 850 ming so‘mga teng bo‘ladi. Bu haqda batafsil.
Mavzuga doir so‘nggi materiallar:
Ramazon oyi sanalari ma’lum bo‘ldi - MO muftiylari qarori>>
Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi>>
Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash choralari ko‘riladi - prezident>>
Yangiliklar lentasi
0