Hindistonlik boshlovchi amerikalik siyosatshunosni “joyiga o‘tirg‘izib qo‘ydi” - video

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSifrovoe televeshanie
Sifrovoe televeshanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna bo‘lish
Arnab Gosvami Republic TV telekanali efirida Rossiya harakatlariga qarshi dunyoning aksariyat mamlakatlari qarshi chiqayotganini aytgan amerikalik ekspertning Charlz Kapchan bilan bahslashib qoldi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Hindistondagi Republic TV yangiliklar telekanali boshlovchisi Arnab Gosvami amerikalik ekspert Charlz Kapchanning Rossiyaga qarshi demokratiyalar hamjihatligi haqida so‘zlariga munosabat bildirdi.
Siyosatshunos efir chog‘ida Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyalar kiritilgani va dunyoning katta qismi G‘arbga birdamlik bildirib, Rossiyaga qarshi birlashayotganini aytdi. Uning fikricha, Hindiston ham shu yo‘ldan borishi kerak.
Bunga javoban jurnalist amerikaliklarning bu haqda fikr bildirishga ma’naviy huquqi yo‘qligi, Amerika esa demokratiya va inson huquqi posboni roliga da’vogarlik qilish holatida emasligini ma’lum qildi.
“Siz demokratiya va inson huquqi posboni roliga da’vogarlik qilish holatida emassiz. Siz vahshiyona ishlarning eng yomon aybdorisiz. Siz va Barak Obama 2011-yilda Liviyada yuzaga kelayotgan fuqarolik urushiga aralashdingiz, bilasizmi, NATO va Arab davlatlari ligasidagi hamkorlardan foydalanib, urushni o‘n yilga cho‘zdingiz. Siz kamida 6 ta mamlakatda qurolli mojaroni boshladingiz: Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Nigeriya. Siz o‘zingizning uchuvchisiz uchar qurilmalaringiz zarbalari bilan minglab kishining umriga zomin bo‘ldingiz! Siz Guantanamo ko‘rfazini boshqarasiz”, - dedi Gosvami.
Boshlovchining so‘zlariga ko‘ra, Shtatlar Hindiston haqida gapirayotib, u katta mamlakat ekani, Amerikaning malay davlati emasligini yodda tutishi zarurligini ta’kidladi.
“Shunday ekan bizga nima qilish kerakligini o‘rgantmang. O‘zimiz haqimizda o‘zimiz qayg‘uramiz. Siz aytapsizki... siz qadriyatlar o‘rniga geosiyosiy maqsadga muvofiqlik so‘zini ishlatapsiz. Siz amerikalik sifatida men hindga qadriyatlar haqida pand-nasihat berapsizmi...”, - deya davom ettirdi jurnalist.
Kapchan uni gapini bo‘lmoqchi bo‘ldi, biroq hindistonlik boshlovchi so‘zini davom ettirib, o‘zining noroziligini to‘kib-soldi.
“AQShning Iroqqa bostirib kirishining birinchi ikki oyida ichida 7186 iroqlik tinch aholi urushning bevosita qurboni bo‘lgan paytda qadriyatlaringiz qayerda edi? Bu sizning maqsadga muvofiqligingiz edimi? Bu qadriyatlaringiz ifodasi edimi?”, - deya savollarga ko‘mib tashladi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 22-fevralda DXR va LXRni tan olganidan so‘ng AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi keskin iqtisodiy cheklovlar joriy eta boshladi. Ukraina hududi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng esa AQSh va YeI Rossiyaga qarshi maksimal darajada sanksiyalar joriy etdi. Xitoy, Hindiston, Suriya va yana bir necha davlatlar sanksiyalarda ishtirok etmadi va ularni qoralab chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0