Yana bir hokim o‘rinbosari yirik pora bilan qo‘lga tushdi

© Sputnik / Aleksey SuxorukovSotrudnik politsii Upravleniya ministerstva vnutrennix del Rossiyskoy Federatsii (UMVD) po gorodu Tambovu nadevayet naruchniki na pravonarushitelya.
Sotrudnik politsii Upravleniya ministerstva vnutrennix del Rossiyskoy Federatsii (UMVD) po gorodu Tambovu nadevayet naruchniki na pravonarushitelya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2022
Obuna bo‘lish
Amaldor tuman xokimligi zaxirasidagi yerni turar joy qurish uchun ajratib berish uchun 12 ming dollar talab qilgan.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Hazorasp tuman hokimining o‘rinbosari U.A. mansab mavqeyidan foydalanib, fuqaroga "Qirtepa" mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik va bu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasidagi 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berishni va’da qilgani aniqlangan.
Amaldor xizmati evaziga fuqaro I.dan 12 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryoda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Avvalroq Mirishkor, Guliston tumanlari va Jizzax shahri hokimlari o‘rinbosarlari pora bilan qo‘lga tushishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0