“Sakkiz yil podvallarda”: Donbassdagi urushda jabrlanganlar taqdiri
22:00 23.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023)
© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Obuna bo‘lish
Donbass aholisi portlash ovozlariga o‘rganib qolgan. Sirena tovushi eshitilishi bilan hamma podvalga yuguradi. Har bir xonadonda eng muhim buyumlar va hujjatlar solingan "favqulodda jomadon" eshik oldida tayyor turadi.
TOShKENT, 23 mar —Sputnik, Mariya Marikan.
“Rossiyaga ketish imkoni bor. Borasizmi?” Doneskning urush bo‘layotgan hududida yashovchi Inna Semenova darhol rozi bo‘ldi. DSPga (serebral falaj) chalingan bola bilan urush bo‘layotgan joyda yashash oson emas. DXR v LXRda ommaviy evakuatsiya boshlanganidan so‘ng, og‘ir kasallikda uchragan farzandi bor onalarni Moskva viloyatidagi ixtisoslashgan tibbiy markazga evakuatsiya qilishdi. Ularning kechinmalari bilan maqolamizda tanishing.
"Biz o‘rganib qoldik "
"2014 yilning 26-may kuni juda yaxshi esimda. Ukraina samolyotlari Donesk ustida bomba yog‘dirishdi. Atrofda vahima, baqir-chaqir hamma yig‘lagan", — deb hikoya qiliadi Inna. Petrovsk tumaniday joylashgan uning uyida yashovchilar snyarad tovushini eshitishi bilan podvalga yashirinishga o‘rganib qolishdi. Lekin baribir har safar bosh ustidan snarad uchib o‘tganda, baribir qo‘rquv bosadi.
“Onam Donesk aeroporti yaqinida yashardi. U yerda qaqshatqich janglar bo‘lganda onam biznikiga ko‘chib o‘tgan edilar. Lekin biz ham xavf ostida. 2016-yilda qo‘shni uyga snarad tushdi. Oynalar bari sinib tushdi, ramakalar chiqib ketdi... Lekin bular hech narsa emas, asosiysi - hammamiz tirik2, - deb xo‘rsinadi Semenova.
Posledstviya obstrela v Doneske
© Sputnik / Sergey Averin
/ Margaritaning 11 yoshli qizi DSPga chalingan (Serebral falaj). 2014-yilga qadar u doimiy ravishda reabilitatsiyadan o‘tib turardi. Urush boshlanganidan so‘ng esa bu tugadi. “Bizni tinimsiz o‘qqa tutishsa-da, biz uydan ketishni o‘ylamasdik. Agar gullar podokonnikda qulab tushsa, demak zarbalar kuchli berilmoqda. Og‘ir xastalikka chalingan bola uchun esa bu juda og‘ir stress”, - deb hikoya qiliadi ayol.
Hozir Inna farzandi bilan Krasnogorskdagi “Sozvezdie” bolalar markazida. U yerda bolalar ham o‘qishi ham davolanishi mumkin. 50 ta ana shunday bolani onalari bilan birgalikda Doneskdan 21-fevral kuni olib kelishgan edi. Ulardan 28 nafari voyaga yetmagan bolalar.
“Bir sutkadan uzoq yo‘l yurdik – deb eslaydi Margarita Selisheva. — Ketishimizdan oldan Doneskni to‘plardan o‘qqa tutish tobora kuchaygan edi. Hech kim ommaviy evakuatsiya bo‘lishini kutmagan edi. Chodir va sanatoriyalarda yashash bizga to‘g‘ri kelmaydi. Ikki farzandim DSP bilan og‘rigan. Ularga alohida e’tibor, davolash kerak. Biz dastlab – nima bo‘lsa ham uyda qolamiz, deb qaror qilgan edik, lekin ixtisoslashgan markazga borishni taklif qilishganda – rozi bo‘ldik.
© Sputnik / Sergey BaturinJiteli Doneskoy Narodnoy Respubliki na jeleznodorojnoy stansii Donesk-2 vo vremya evakuatsii v Rostovskuyu oblast
Jiteli Doneskoy Narodnoy Respubliki na jeleznodorojnoy stansii Donesk-2 vo vremya evakuatsii v Rostovskuyu oblast
© Sputnik / Sergey Baturin
Doneskning barcha aholisi kabi, har safar sirena ovozi eshitilganda Margarita bolalari bilan podvalga tushar edi. Keyinchalik koridorga yashirinishni o‘rganib olishgan. Oynalarni esa keng ochib qo‘yish kerak – aks holda portlash to‘lqini hammasini sindiradi.
“Biz shahardan chiqish joyida yashaymiz. Oldimizda— Yelenovka. U yerda qarindoshlarimiz yashaydi. Har doim svet, suv o‘chadi. Kommunal xizmatlar endi tuzatishganda, yana zarba berishadi. Qaynonam 3-yil davomida deyarli podvaldan chiqmay yashadi. Okologiya oqibatida vafot etdi”, - kuyunib hikoya qiladi Selisheva.
Uning turmush o‘rtog‘i temiryo‘l texnikasini ta’mirlash zavodida ishlagan. 2014-yilda ishdan bo‘shatishgan. Shundan so‘ng turli kasblarda ishlab yurgan, sportzalda murabbiy, massajchi bo‘lgan. Yaqinda uni urushga olib ketishgan. Hozircha u bilan aloqa yo‘q, lekin Margarita hammasi yaxshi ekaniga ishonadi: “Axir yomon xabarlar tez yetib keladi”.
© Mariya MarikanInna Semenova i Margarita Selisheva
Inna Semenova i Margarita Selisheva
© Mariya Marikan
Debalsevo halqasi
Anastasiya Deman 17-yil davomida stuardessa bo‘lib ishlagan. 2014-yilda aksariyat kabi ish joyidan ayrilgan. O‘shandan buyon o‘g‘li bilan uning nafaqasi hisobidan yashaydi. Uning 12 yashar o‘g‘li “autizm” kasaliga chalingan. “O‘g‘lim 4 yoshida yurishni o‘rgandi, endi tili chiqqanda urush boshlandi – reabilitatsiya to‘xtab qoldi”, - deydi Anastasiya.
Ularning uyi Donesk aeroporti yaqinida joylashgan. U yer xavfli joy bo‘lgani uchun u o‘g‘li bilan onasining uyiga Uglegorsk shahriga ko‘chib o‘tgan. 2014-yilgi urush vaqtida “debalsevo halqasi” ichida qolib ketishgan. Ukraina Qurolli kuchlari yakson qilinganidan so‘ng Debalsevo DXR tarkibiga kirgan.
© Mariya MarikanAnastasiya Deman
Anastasiya Deman
© Mariya Marikan
“Bizni Yenakiyevoga evakuatsiya qilishdi. Mart oyida hammasi tinchlanganidan so‘ng men Uglegorsk shahriga uyimizdan xabar olgani bordim. Bizning oshxona va garaj buzilib ketgan edi. Erkaklardan hech kim qolmagan birov urushda, birov ishga ketgan. Bir amallab tuzatdik. Och qoldik deb ayta olmayman, tomorqamiz bor edi bir amallab yashadik”, - deydi Anastasiya.
Debalsevo qozonini 18 yoshli Katya ham yaxshi eslaydi. U o‘sha vaqt ota-onasi va kasal buvisi bilan yashagan. Ularning uyiga yaqin joyda harbiy qism bor edi. “Grad”lar o‘qidan uy devorlari titrardi.
© Mariya MarikanKatya
Katya
© Mariya Marikan
“Qo‘shnimizni uyi va tomorqamizga snarad tushganidan so‘ng biz shaharning narigi tomonida yashaydigan ammamnikiga ko‘chib ketdik. Qum solingan xaltalardan bunker qurdik. U yerda biroz o‘tirdik va yana uyimizga qaytdik. Birozdan so‘ng yaqinimizdagi o‘q-dori omborxonasiga snarad tushdi”, - deb hikoya qiladi Katya.
Tashqarida portlashlar, pulemot ovozlari eshitlardi, ko‘chaga chiqish o‘ta xavfli edi. “Yashil koridor” e’lon qilingan kun meni tana haroratim 40 darajaga chiqdi. Hech qanday dori yo‘q edi. Faqat sovuq lattalar bilan bir amalladik. Baxtga biz u yerdan chiqib keta oldik, evakuatsiya qilinayotganlar avtobusi ichida shifokor bor ekan. U menga dori berdi”.
Posledstviya obstrela g. Debalsevo v Doneskoy oblasti
© Sputnik / Igor Maslov
/ Shundan so‘ng ular oilasi bilan Yenakiyevoga yetib keladi. U yerda buvisining uyi bor edi. Keyinroq bilsak ma’lum bo‘lishicha u uydan hech narsa qolmagan ekan. Ularning oilasiga ko‘p qavatli uydan kvartira ajratishadi. Sekin asta hammasi joyiga tusha boshladi. Katya 15 yoshga to‘lganidan Donesk shahriga ko‘chib o‘tadi va o‘qishga kiradi. Ushbu bahorda diplom olishi kerak edi, lekin vaziyat yana keskinlashdi.
Kataning ota-onasi Krasnogorskka kasal bolalarni olib ketayotgan avtobus bilan Katani yuborishadi. Katya 12 yoshli Rimmaga qarab turishi uchun. Ularning ota-onalari Doneskda qolishgan.
Uning otasini urushga olib ketishgan. Ungacha u kasal onasiga qarab turgan. Kataning onasi esa bir necha ishda ishlab zo‘rg‘a kun kechirgan. Katya uyini sog‘inadi, lekin butunlay Rossiyaga ko‘chib o‘tishni orzu qiladi. “Bizda kelajak yo‘q, meni rejalarim ko‘p. Ota-onam boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmasliklarini istayman”, - deydi qiz.
© Mariya MarikanKatya s Rimmoĭ
Katya s Rimmoĭ
© Mariya Marikan
"Endi qo‘rqinchli emas"
Qo‘shni Yenakiyevo aholisi ham katta zarar ko‘rdi. 2014-yil 2-sentabr kuni sakkiz yoshli Andrey Dmitriyev sayrdan uyga qaytayotgan edi. Podyezd eshigiga kirishga ulgurmadi, yaqiniga snarad kelib tushdi.
"Men darhol tashqariga chiqdim, qarasam, bir tomonda oyog‘i kesilgan tanishim, boshqa tomonda qonga belangan Andrusham yotibdi", - deb eslaydi bolaning onasi Lina. Ko‘zimdan yosh oqadi: “Himoya kuchlarmiz darhol yetib kelib, “tez yordam” chaqirishdi”.
© Foto predostavila Lina DmitriyevaAndreĭ posle operatsii v 2014 godu
Andreĭ posle operatsii v 2014 godu
© Foto predostavila Lina Dmitriyeva
Andrey bir nechta shrapneldan yaralangan edi. Uning umurtqa pog‘onasi ham shikastlangan – tizzadan pasti falaj bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘ndan ortiq jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Dmitriyevlar oilasi xususiy uyga ko‘chib o‘tishdi: bola nogironlar aravachasida edi, ko‘p qavatli uyda esa lift yo‘q.
Linaning eri ham safarbar qilingan. Ikki farzandi bilan u “Sozvezdie” markaziga murojaat qilgan. Hozirgacha Andrey G. N. Speranskiy nomidagi bolalar shahar klinik shifoxonasida. Bolaning tos suyagida muammolari bor. Shifokorlar operatsiyadan oldin uning ahvolini barqarorlashtirishga harakat qilishmoqda.
"Bizda bunday yuqori malakali neyroxirurglar yo‘q. Shuning uchun biz bu yerda uzoq qolamiz. Lekin, albatta, uyga qaytmoqchimiz. Biz juda xavotirdamiz, ayniqsa Mariupoldan. U yerda qarindoshlar va do‘stlarimiz bor. Hozircha ulardan biror xabar yo‘q", - deydi ayol xo‘rsib.
© Foto predostavila Lina DmitriyevaAndreĭ v DGKB № 9 imeni G. N. Speranskogo
Andreĭ v DGKB № 9 imeni G. N. Speranskogo
© Foto predostavila Lina Dmitriyeva
Biz hisobga qilmaymizmi?
DXR va LXRga diversion gurhlar doimo kirib turardi. "Men ketishimdan bir necha kun oldin Gorlovkada bir guruh o‘smirlar tutib olingan. Kattasi - 17, eng kichigi – 14 yoshda. Ular “rastajka” va mayoqlar qo‘yish bilan shug‘ullangan", - deydi 18 yoshli Pavel (ismi o‘zgartirilgan).
“Bir kun o‘rtoqlarim bilan biz tuproq bilan ko‘mib qo‘yilgan va o‘t o‘sa boshlagan sumka topib oldik. Yaqinida atrofda ikkita granata ham bor edi. Darhol harbiylarga xabar berdik. Ular joyni zudlik bilan o‘rab olib topilmani zararsizlantirishdi. 2017-yilda esa turar-joy binolari yaqinida ichidan antenna chiqib turgan paketlarni qo‘ygan ayollar qo‘lga olingan edi. Keyin ushby uylarga snaradlar uchib kelgan", - deb davom etadi yigit.
Osvobojdennoe selo Novotroiskoe v DNR
© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Urush bo‘layotgan hududlarda mahalliy aholiga portlovchi moddalar xavfsizligi haqida faol o‘rgatilmoqda, ammo qurbonlar hali ham ko‘p, asosan bolalar. Pavel ham 2018-yilda yerda yotgan “patron”ni oldi. (aslida esa u Lekin portlash - chap qo‘lni yirtib tashladi, shrapnel yaralari tufayli bir ko‘zi ko‘r bo‘lib qoldi.
Bu uning “Sozvezdiye”ga birinchi marta kelishi emas. Oldin u reabilitatsiyadan o‘tgan edi. Bu safar bionik protez uchun kelgan. Do‘stlari Gorlovkada qolgan, shahar hali ham Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilmoqda.
Situatsiya v Doneskoy narodnoy respublike
© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Pavelning onasi 2014-yilda mo‘’jizaviy tarzda omon qoldi: u nonga borganida “Gradlar” o‘ti ostiga tushib qolgan. "O‘sha kuni 27 kishi halok bo‘ldi. Yaxshiyamki, onamga hech narsa qilmadi", - deb tushuntiradi yigit. U armiyaga chaqirilgan katta akasidan xavotirda. U Ilovaysk uchun janglarda qatnashgan, hamma narsa endi boshlanganida, u ko‘zidan yaralangan. Qorong‘uda yaxshi ko‘rmaydi. "Kechki soat oltidan so‘ng hech narsa ko‘rmaydi”. Umid qilamizki, ular boshliqlar buni hisobga olib va uni eng xavfli joyga jo‘natishmaydi."
Pavel imkon qadar tezroq uyga qaytishni xohlaydi, u Gorlovkani tark etmoqchi emas.
© Mariya MarikanTatyana i Evelina
Tatyana i Evelina
© Mariya Marikan
Donesklik Tatana ham tezroq hammasi tinchishini istaydi. Uning qizi Evelina DSPga chalingan. Ular sovet davrida qurilgan ko‘p qavatli uyda yashaydi. Podval bor, lekin jihozlanmagan. "Biror kor hol bo‘lsa, u yerdan chiqishning iloji yo‘q. Boshqa uygacha yugurib borish xavfli. Men qizim bilan qayerga ham borardim?" Ular koridorda yashirinishadi. Eng kerakli buyumlar va hujjatlar solingan jihozlangan "favqulodda jomadon" doimo tayyor, eshik yonida ko‘ringan joyda turadi.
"Ukrainada onalar va bolalar qanday azob chekayotganini ko‘rib yuragim qon bo‘ladi. Ammo biz ham sakkiz yildan beri shunday hayot kechiramiz. Nima biz hisobga o‘tmamizmi? Nega bizning onalarimiz va bolalarimiz qurbon bo‘layotgan vaqtda hamma jim turdi va o‘zlarining harakatsizligi uchun bahona topishga harakat qilishdi?, -deydi Tatana hayron bo‘lib.
DXR va LXRdan kelgan mehmonlar vaziyat barqarorlashguncha markazda zarur bo‘lgan vaqtgacha qoladilar. Ular o‘z uylarini tark etishni xohlamaydilar va bolalarining tinch hayotga qaytishga imkoni borligiga ishonishadi.
© Sputnik / Igor Maslov / Mediabankka o‘tishAksiya v Doneske v pamat o detax, pogibshix v xode konflikta na yugo-vostoke Ukraini
Aksiya v Doneske v pamat o detax, pogibshix v xode konflikta na yugo-vostoke Ukraini
© Sputnik / Igor Maslov
/