"Veymar yoki Zimbabve?": Amerika o‘z kelajagiga nazar solmoqda
22:00 21.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023)
© AP Photo / Virginia MayoFlagi SShA i Yevrosoyuza na zdanii Yevropeyskogo parlamenta v Brussele. Arxivnoe foto
© AP Photo / Virginia Mayo
Obuna bo‘lish
G‘arbning 2008, 2014 va 2016-yillarda kiritilgan "do‘zaxiy" sanksiyalari Rossiyaga asosan foyda keltirdi. O‘tgan davr mobaynida Rossiya o‘z uyiga ega bo‘lgan fuqarolar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi.
Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya xavfsizligining eng muhim tomonlaridan biriga e’tibor qaratdi – iqtisodiy xavfsizlikka. Ko‘rib turganimizdek, yadroviy qurol hozircha Ukraina mojarosini global mojaroga aylanib ketishidan saqlab turibdi. Lekin iqtisodiyot maydonlarida chinakam global urush ketmoqda. Odamlar nima kiyishi, kommunal to‘lovlar va benzin uchun qancha pul to‘lashi – mana shular hozirgi zamonning eng muhim savollariga aylanmoqda.
Kollektiv G‘arbga qarshi bizning jang maydonimiz
“Iqtisodda qulash bo‘lmaydi”, dedi Medvedev. Bunga ishonsa bo‘ladi, chunki 2008-yildagi global krizis vaqtida ham mamlakat aynan Medvedev boshqaruvi ostida edi. 2008-yilning avgustida Rossiya armiyasi Gruziyani tinchlikka majburlagan edi. Sentabrda esa Yevropa va AQsh bizga qarshi sanksiyalar qo‘llay boshlagan edi.
Bizning g‘arblik hamkorlarimiz Rossiyaning JSTga kirishini Gruziya iltimosiga ko‘ra kechiktirishgan, “Gazprom”ning Yevropaga yetkazib berayotgan hajmi qisqargan edi. Britaniya ham qandaydir talablar qo‘ygan, fransuzlar ikkilangan Angela Mekel ham lunjini silkitib bir nimalar degan edi. Esingizdami?
Ko‘pchillik albatta bularni unutgan. O‘shanda ham bizga qarshi “do‘zaxiy sanksiyalar” kiritishni va’da berishgandi. Lekin 2011-yilda Rossiya JSTga a’zo bo‘ldi va o‘tgan 10-yil ichida Rossiya dunyoning eng gullab-yashnayotgan davlatlaridan biriga aylandi.
2014 yilda, Medvedev hukumat raisi bo‘lgan yillari, Rossiyaga qarshi yana bir talay sanksiyalar kiritildi. Rasman bu Donbassda urib tushirilgan Boing uchun bo‘lsa-da, aslida bizni Qrim uchun jazolashgan edi. Biz bularni barchasini aslida nima uchun ekanini yaxshi bilardik.
O‘sha vaqtlar ham shaxsiy sanksiyalar, iqtisodning ma’lum sektorlariga qarshi sanksiyalar ham kiritilgan edi. Batafsil Deutsche Welleda tanishish mumkin. U yerda to‘liq ro‘yxat bor.
Oradan bir yil o‘tib prezident Obama “Rossiya iqtisodi yakson qilingan”ini ma’lum qilgan edi. Ha, albatta, biz bilmagan ekanmiz. O‘shanda Rossiyada rubl kursi pastga qulagan edi, lekin ipoteka sohasida yangi rekordlar o‘rnatilgan edi. Axir bu ajoyib-ku? Siz nima deb o‘ylaysiz?
2016 yilda “Amerika saylovlariga aralashish”da ayblab yangi sanksiyalar kiritildi. Bizga yana bir nimalarni ta’qiqlashdi, lekin biz buni sezmay qoldik. Undan so‘ng esa koronavirus pandemiyasi sodir bo‘ldi. Bu krizisga ham Rossiya navbatdagi ipoteka bumi bilan javob qaytardi. Agar buni barqaror iqtisod deb bo‘lmasa, barqaror iqtisod nima ekanini men bilmayman.
Medvedev aytganidek, “AQSh Davlat Departamenti, dastlabki jazavadan so‘ng o‘zining “o‘ta qat’iy” pozitsiyalaridan pastga tusha boshlaydi. Aksariyat sanksiyalarni bekor qilish haqidagi bayonotlarni biz allaqachon eshitdik. Ustiga ustak AQSh va Yevropada energiya tashuvchilar bozorlaridagi vaziyat o‘ta yomon”.
Bu “o‘ta yomon” degani nima degani? Axir bular shunchaki birjadagi narxlar o‘ynashi emas. Unda bo‘lganda sirli birokerlar bir zumda pul ishlab olardi va vaziyat hal bo‘lardi. Bu sizga “Uoll strit bo‘risi” filmi sahnasi emas. “O‘ta yomon” degani – hamma narsaning narxi kun sayin emas soat sayin o‘sayotganini, fuqarolar maoshlari esa joyida turganini anglatadi.
Medvedev bayonoti bilan bir vaqtda Fox News telekanalida afsonaviy boshlovchi Taker Karlsonning ko‘rsatuvi ham chiqdi. Unda narxlar o‘sishi batafsil hisob-kitob qilinmoqda. San-Fransiskoda 10 dona tuxum deyarli 5 dollarga yetgan, Nyu-Yorkda esa dudlangan go‘shtning bir funti 7 dollardan oshib ketgan. Ha bu shaharlar o‘zi qimmat deyish mumkin, lekin Arizona shtatidagi Finiks shahrida ham “yaqinda 9 dollar turgan pishloq narxi bugun 14,56 dollar bo‘lgan”, - deb arz qilmoqda mahalliy ayol. “Narxlar har 3 kunda o‘zgarmoqda. Bu xuddi Veymar yoki Zimbabvega o‘xshaydi”, - deb izoh bergan vaziyatga Karlson.
Shu yerda rossiyalik o‘quvchilar bizlardagi narxlarni esga olishi mumkin. Gap axir 10ta tuxum 500 so‘m yoki bir krujka pivo 1000 rublligida emas. Amerikada biroz yashagan har bir kishi u yerda kambag‘allik kutilmagan darajada keng tarqalganini yaxshi tushunadi.
Bir necha yil oldin, AQShda cho‘ntagingda 50 dollar puling bo‘lsa, kishi o‘zini qashshoq deb his qilardi. Navbatdagi tunni qayerda o‘tkazishni bilmasdi, och qolishi ham mumkin edi. Bugun esa amerikalik tuzu ovqatlanishi, tuzuk joyda tunashi va mashinasiga yoqilg‘i quyishi uchun amerika fuqarosiga qancha pul kerakligini tasavvur qilish ham qiyin. Jamoat transporti deyarli yo‘q bo‘lgan va taksi palon pul turadigan amerikada – shaxsiy avtomobil juda kerak.
Rossiyada og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan kishi, jamoat transportida “quyon” bo‘lib yurishi, kommunal to‘lov va soliqlarni yillab to‘lay yurishi mumkin. AQShda esa puli yo‘qlar uchun bunday “tuynuk”lar allaqachon mahkam berkitilgan. U yerda hamma narsa pullik bo‘lgan, ba’zida Amerikaga kelgan xorijliklarga har bir olgan nafasi uchun ham pul to‘layotgandek tuyuladi.
Lekin u yerliklarning maoshi ham o‘sayotgani yo‘q, inflyatsiya esa soatbay o‘smoqda. Masalan kecha Los-Anjelesda mashina bakiga to‘ldirib yoqilg‘i quyish 180 dollar edi. Bugun yana qimmatroq bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.
Shu kunlarda Amerikada o‘g‘irlikning yangi turi paydo bo‘lgan. Odamlar birovning mashinasi benzin bakini teshib benzin o‘g‘irlash holatlari ko‘paymoqda. Avtomobil egasi yangi benzobak sotib olishga to‘g‘ri keladi. Bu esa kamida 1000 dollar.
Bugun amerikaliklar dahshat bilan bir narsani tushunishmoqda – benzin narxi hamma narsaga ta’sir qiladi – oziq-ovqat, mebel, maishiy texnika, yetkazib berish xizmati. Hamma narsa qimmatlashmoqda. Naxlar oshishi rasman e’lon qilingan inflyatsiyadan juda katta farq qilmoqda. Ba’zi toifa ishlaydigan fuqarolar uchun oziq-ovqat ham qimmatlik qilmoqda. Nyu-Yorkda bepul ovqat tarqatish joylarida navbat bir necha kvartalga cho‘zilmoqda.
“Oziq-ovqat narxi oshganda hukumatlar qulaydi. Och odamlar xavfli bo‘ladi”, - deb Vashingtonga ogohlantirish yo‘llamoqda Karlson.
Amerikalik jurnalist Jo Baydenga atalgan tanqidli chiqishlarini tayyorlash vaqtida men Moskvadagi supermarketlardan birida bolalarimga tushlik uchun oziq-ovqat xarid qilmoqdaman. Sanksiyalar kiritilganiga 2 hafta o‘tgan bo‘lsa, magazin rastalarida oldingi import tovarlar o‘rnida men oldin ko‘rmagan yangi Rossiya brendlari paydo bo‘lgan. Men oldin hech qachon ko‘rmagan ajoyib Rossiya mahsulotlari. Qandolat, trikotaj, shokolad, turli tuman pishloqlar, Qrim vinolari vahokazo. Ha bizning yurtimiz keng, boy va xilma-xil. Narxlar esa taniqli G‘arb brendlari mahsulotlaridan 2-3 baravar arzon.
Ukrainadagi maxsus operatsiya tanqidchilari inflyatsiya va rubl devalvatsiyasi Rossiyadagi o‘rta sinfni yo‘q qiladi, deyishmoqda. Menimcha esa, iqtisodda sodir bo‘layotgan bugungi o‘zgarishlar o‘rta sinfni yaynan yaratmoqda. Ha, faqat import brendlarni tan oladigan kishilarga qiyn bo‘lmoqda. Lekin kiyim-kechakka qiziqmasdan, ko‘chmas mulkka pul tikkanlar bugun yutuqda. Chunki uning narxi yaxshigina o‘sgan.
Aytmoqchiman-ki, aynan uy xo‘jaliklari egalari haqiqiy o‘rta sinf hisoblanadi. O‘z uyng bo‘lmasa qanday mustaqil kishi bo‘lishi mumkin. Hech qanday brend kiyimlar buning o‘rnini bosa olmaydi. O‘z uyiga ega bo‘lgan fuqarolar soni bo‘yicha bugungi kunda Rossiya dunyoda yetakchilikka chiqmoqda. Bizdan oldinda faqat Xitoy. AQShda esa o‘z uyiga ega bo‘lganlar ulushi tobora kamaymoqda.
Rosiiyaga mutlaq ishqiboz bo‘lmagan Gonkongning South China Morning Post nashri, bugun AQSh sanksiyalari amerika dollarni rezerv valyuta sifatida obro‘yiga jiddiy putr yetkazganini qayd etmoqda. Bundan buyon dunyo mamlakatlari o‘z zahiralarini boshqa valyutalarga o‘tkazishni boshlaydi. Jumladan Xitoy yuaniga ham.
Lekin Rossiya Banki zahiralarining o‘g‘irlanishi barcha valyutalarni shubha ostiga qo‘ymoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston o‘z mablag‘larini Xitoy valyutasida saqlashni istashi ham amri mahol. Hatto Xitoyning o‘zi ham o‘zining trillion dollarlik zahiralarini yuanga o‘tkazishga jur’at etarmikan?
Shu o‘rinda, Xitoy qandaydir o‘rta asrlarga xos chora o‘ylab topdi. U butun dunyodagi tankerlarni ijaraga olib, ularing barini neft bilan to‘ldirib zahira qilib qo‘yishga qaror qildi. Yomon emas-a?
G‘arbliklar bizni qaytarmoqchi bo‘layotgan o‘rta asrlar – oziq-ovqat ta’minotida beqarorlik holatlari tez-tez uchrab turardi. U vaqtlarda odamlar och qolishi odatiy hol edi. Bugun esa ochliq nafaqat rivojlanayotgan mamlkatlarga tahdid solmoqda, balkim yaqin-yaqingacha hamma havas qiladigan rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarga ochlik tahdid solmoqda. KElajakda ehtimol Nyu-Yorkka ham gumanitar yordam yuborishga to‘g‘ri kelar.
Dmitriy Medvedev nutqidan lavha keltirishda davom etamiz: “AQSh va Yevropada energiya manbalari bozorlarida vaziyat “o‘ta yomon” va mahalliy hokimiyatlar bunda Rossiyani ayblashmoqda. Lekin ushbu davlatlar xalqari rusofoblar yoki “esini yegan chollar” emas. Ular hammasini tushunib turishibdi va yaqinda o‘z hukumatlariga “Rossiyaga qarshi sanksiyalar” uchun hisob-kitob qilishni talab qilishadi.
Amerika o‘zini qanday kelajak kutayotganini tushuna boshlagan shekilli. “Odamlar o‘ziga yetarlicha oziq-ovqat sotib olishga imkoni yo‘q ekan, eh akalar, bu biz qandaydir dahshatli voqealar bo‘sag‘asiga kelib qolganimizdan darak beradi. Uyg‘onish vaqti keldi va imkon qadar tezroq”, - deb ogohlantiradi AQSh rahbariyatini teleboshlovchi Taker Karlson. Ular quloq solamikan?