Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya bugun ham Ukrainada "tinchlik rejimi" e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishBejensi iz Mariupolya v sele Bezimennoe
Bejensi iz Mariupolya v sele Bezimennoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainaning beshta shahridan tinch aholini evakuatsiya qilish maqsadida, Moskva 9-mart kuni soat 10:00 dan boshlab "tinchlik rejimi" e’lon qildi va Kiyev bilan yo‘nalishlarni kelishib olishni taklif qildi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiya chorshanba kuni soat 10:00 dan boshlab, po "tinchlik rejimi" e’lon qildi va Ukraina tinch aholisi uchun bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha gumanitar koridorlar tashkil qilishga tayyor.
Moskva Kiyev va uning atrofidagi aholi punktlaridan, Belarus (Gomel) orqali Rossiyaga, Sum shahridan Poltava va Belgorodga, Xarkovdan — Belgorod, Lvov, Ujgorod, va Ivano-Frankovsk shaharlariga yo‘l ochishga tayyor.
Mariupoldan — Rostov-na-Donu, Zaporojye shaharlariga yo‘l ochishga tayyor.
Gumanitar koridorlardan aholi chiqishini ta’minlash maqsadida Ukraina tomoni ham ushbu taklifga rozi bo‘lishi kerak. Kiyevga barcha yo‘nalishlarni tungi soat 3ga qadar kelishib olish taklif qilingan edi.
Ma’lumot uchun, bugun Rossiyaning Ukrainada o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiyasining 14 kuni. Operatsiyaning asosiy maqsadi Ukrainani demilitarizatsiya qilish va natsistlardan tozalash. "Ukrainani okkupatsiya qilish niyatimiz yo‘q", - degan edi Vladimir Putin.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari faqatgina harbiy infratuzilma, o‘q-dori omborlariga zarba bermoqda. Ukraina shaharlari, tinch aholi turar joylariga zarba berilayotgani yo‘q. Shuningdek, Ukraina armiyasi askarlariga o‘z ixtiyori bilan qurol topshirish taklif qilingan. Bugun Rossiya armiyasiga asosiy qarshilik ko‘rsatayotganlar - millatchi batalonlar.
2014 yilda Ukrainada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarilishidan so‘ng, hukumat boshiga G‘arb tomonidan qo‘llab, quvvatlanadigan Vashington buyruqlarini so‘zsiz bajaradigan rahbarlar qo‘yildi. Ularning qo‘l ostida milatchilik "gullab-yashnadi". Yangi rejimga qo‘shilishni istamagan DXR va LXR aholisi o‘qqa tutildi. So‘nggi bir necha oy davomida Ukrainaga G‘arb tomonida ko‘p miqdorda zamonaviy o‘lim qurollari yetkazib berildi. Ustiga-ustak prezident Zelenskiy Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘lgan davlatga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0