https://oz.sputniknews.uz/20220228/oiv-infektsiyasiga-qarshi-kurash-choralari-kuchaytirildi-23017408.html
OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi
OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi
2022-02-28T10:28+0500
2022-02-28T10:28+0500
2022-02-28T10:28+0500
jamiyat
oiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857239_0:48:2000:1173_1920x0_80_0_0_2e754edb974843af8afa86ffa3af0bac.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi. Hukumatning “Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Norma” axborot-huquqiy portali.Konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:Konsepsiyaning asosiy maqsadlari aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini tarqalishini kamaytirish, uning aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalishining oldini olish, turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida o‘tkazish kabilardan iborat. Ijtimoiy tarmoqlarda bu infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida blog va saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ham tasdiqlangan. Buning doirasida OIVning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini o‘rganish orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)ga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. O‘zbekistonda OIV bilan kasallanish vaziyati qandayBundan tashqari, aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovi oshiriladi.Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OIVga chalingan. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857239_186:0:1815:1222_1920x0_80_0_0_937a1f5b07ef7edc8aa6eb16794b6473.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi oiv o‘zbekiston qanday kasallik orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi oits
odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi oiv o‘zbekiston qanday kasallik orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi oits
OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi (OIV) xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida blog va saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi. Hukumatning “Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi, deya
xabar bermoqda “Norma” axborot-huquqiy portali.
Konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlarining maqsadi va asosiy vazifalari;
OIV kasalligining joriy holati va mavjud muammolari;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari;
Konsepsiyaning asosiy maqsadlari aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini tarqalishini kamaytirish, uning aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalishining oldini olish, turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida o‘tkazish kabilardan iborat. Ijtimoiy tarmoqlarda bu infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida blog va saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ham tasdiqlangan. Buning doirasida OIVning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini o‘rganish orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)ga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovi oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OIVga chalingan. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.