Xitoyning Rossiyadagi elchixonasi AQShni dunyo uchun haqiqiy tahdid deb atadi
© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlag SShA
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
Obuna bo‘lish
Xitoy elchixonasi: dunyoning uchun haqiqiy tahdid AQShdir.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Xitoyning Rossiyadagi elchixonasi dunyo uchun haqiqiy tahdid AQSh ekanini unutmaslikka chaqirdi. Elchixona bu haqda Twitterʼdagi sahifasida yozdi.
“Dunyoga kim tahdid solayotganini hech qachon unutmang”, - deyilgan xabarda.
Unda Ikkinchi Jahon urushidan keyin amerikaliklar bombardimon qilgan davlatlar ro‘yxati keltirilgan. Ular orasida Koreya, Xitoy, Gvatemala, Indoneziya, Kuba, Vyetnam, Liviya, Livan, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Yugoslaviya, Pokiston, Suriya kabi davlatlarni ko‘rish mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarining suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi, 24-fevral kuni Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Putin Moskvaning Ukrainani bosib olish rejasi yo‘qligini aytdi, faqat uni qurolsizlantirish va u yerdagi natsizmni yo‘q qilish. Rossiya yetakchisi operatsiyaning asosiy maqsadi sakkiz yil mobaynida genotsid qilib kelingan DXR va LXR aholisini himoya qilishdan iboratligini qayd etdi.
U Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarini qurol-aslahalarini topshirishga chaqirdi. Ular jangovar harakatlar hududini monesiz tark etishlari va oilalari bag‘riga qaytishlari mumkin. Putinning so‘zlariga ko‘ra, xunrezlikdagi barcha javobgarlik Kiyev rejimi zimmasida bo‘ladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi keyinroq faqat Ukraina hududidagi harbiy infratuzilmalarga zarba berilayotgani, tinch aholiga hech nima tahdid solmayotganini ma’lum qildi.