Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishObrashenie prezidenta RF V. Putina
Obrashenie prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainaning, NATO ta’siri ostida, Rossiya uchun doimiy xavfga aylanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi - Putin.
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operaiya o‘tkazilishi haqida e’lon qildi.
"Vaziyat bizdan qat’iy va kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Donbassdagi xalq respublikalari Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilishdi. BMT Nizomining 7 qsmi 51 bandiga ko‘ra, Rossiya Xavfsizlik Kengashining qaroriga hamda DXR va LXR bilan tuzilgan do‘stlik va o‘zaro yordam shartnomalariga asosan, men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim", - Dedi Vladimir Putin Rossiya fuqarolariga qilgan murojaatida.
Prezident aytishiga ko‘ra, Rossiya Ukrainani okkupatsiya qilish niyatida emas, lekin Moskva Ukrainani demilitarizatsiya qilishga harakat qiladi.
"Rossiya maxsus operatsiyasining maqsadi - kiyev rejimi tomonidan sakkiz yildan buyon tahqirlab kelinayotgan, genotsid qilinayotgan odamlarni himoya qilish, tinch aholiga, jumladan Rossiya fuqarolariga nisbatan ham ko‘plab jinoyatlar qilgan kishilarni sudga berish", - dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududida Rossiyaning nenatsionalist kuchlar bilan to‘qnashuvi aniq. "Ular tayyorlanmoqda, qulay vaqt kutmoqda. Endi bo‘lsa yadrov qurol talab qilishmoqda. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Putin.
Agar Ukraina tomonidan doimiy xavf tarqalib turgan vaqtda, Rossiya o‘zini xavfsiz his qila olmaydi, Ukrainani shimoliy alyans tomonidan o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
"Rossiya siyosatining asosida - ozodlik turadi. Ushbu huquqdan Ukrainaning barcha aholisi foydalanishi mumkin. Har bir kishi o‘z va o‘z avlodlari kelajagini o‘zi hal qilishi mumkin. Biz ushbu huquqdan Ukraina hududida yashayotgan barcha millatlar foydalanishga haqli deb hisoblaymiz. Buni istagan har bir kishi", - deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Putin shuningdek, SSSRdavrida hozirgi Ukraina tashkil qilinayotgan vaqta u yoki bu hududda yashayotgan aholi fikrini hech kim so‘ramaganini ham esga oldi.
Yangiliklar lentasi
0