https://oz.sputniknews.uz/20220214/ozbekistonning-ukrainadagi-elchixonasi-fuqarolardan-vahima-qilmaslikni-soradi-22727655.html
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolardan vahima qilmaslikni so‘radi
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolardan vahima qilmaslikni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Elchixona Ukraina hududidagi fuqarolardan diplomatik missiya bilan aloqada bo‘lib turish, tasdiqlanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslik va vahimaga berilmaslikni so‘ragan.
2022-02-14T15:14+0500
2022-02-14T15:14+0500
2022-02-14T16:14+0500
jamiyat
ukraina
elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22727559_0:62:2870:1676_1920x0_80_0_0_4ca6a1a5c5b569af35c19d87ff946315.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, elchixona Ukraina hududidagi fuqarolardan diplomatik missiya bilan aloqada bo‘lib turish, tasdiqlanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslik va vahimaga berilmaslikni so‘ragan.Xabarda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshirayotgani eslatilgan. Fuqarolar xohlagan paytda vatanga qaytishlari mumkin.Ta’kidlanishicha, 13-fevral kuni “UzAirways" Toshkent-Kiyev-Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaparvozni amalga oshirgan. Aviakompaniya saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yo‘nalishda keyingi reyslar chorshanba (16 fevral) va yakshanba (20 fevral) kuniga rejalashtirilgan.Fuqarolarda savollar paydo bo‘ladigan taqdirda, ular elchixonaga elektron pochtasi (embassy@uzbekistan.org.ua), telefon raqamlari (+38 044 5015000, +38 044 5014182) yoki diplomatlarning Telegram manzillari orqali murojaat qilishlari mumkin.Avvalroq qator mamlakatlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan fuqarolarini Ukraina hududini tark etishga chaqirgan edi. Qolaversa, Kiyevdan ayrim G‘arb mamlakatlari elchixonalari xodimlari va ularning oila a’zolari evakuatsiya qilinayotgani xabar qilinmoqda.So‘nggi kunlarda Kiyev va G‘arb davlatlari Ukraina chegarasida Rossiya tomonidan go‘yoki tajovuzkor xatti-harakatlar kuchayganidan xavotir bildirishmoqda. Moskva shunga o‘xshash ayblovlarni rad etib kelmoqda va hech kimga tahdid tug‘dirmasligi va hujum qilish niyati yo‘qligini takrorlab keladi. “Rossiya tajovuzi” haqidagi xabarlardan esa Rossiya chegaralari yaqinida NATOning ko‘proq harbiy texnikalarni joylashtirish uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.Avvalroq Rossiya TIV G‘arbning “Rossiya tajovuzi” va Kiyevni undan himoya qilish xususidagi bayonotlari ham kulgili, ham xavfli ekanini ta’kidlagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlarining mamlakat hududida bir joydan boshqa ko‘chirilishi hech kimni xavotirga solmasligi kerakligini qayd etgandi.Mavzuga oid:
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22727559_0:0:2553:1915_1920x0_80_0_0_124ab6a7b8426b4a5c172218764c443d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonning ukrainadagi elchixonasi murojaat
o‘zbekistonning ukrainadagi elchixonasi murojaat
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolardan vahima qilmaslikni so‘radi
15:14 14.02.2022 (yangilandi: 16:14 14.02.2022) Elchixona Ukraina hududidagi o‘zbekistonliklardan tasdiqlanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslik va vahimaga berilmaslikni so‘ragan.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, elchixona Ukraina hududidagi fuqarolardan diplomatik missiya bilan aloqada bo‘lib turish, tasdiqlanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslik va vahimaga berilmaslikni so‘ragan.
“Elchixona Ukraina davlat organlari, diplomatik korpus va yurtdoshlarimiz bilan doimiy aloqada”, - deyiladi
murojaatda.Xabarda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshirayotgani eslatilgan. Fuqarolar xohlagan paytda vatanga qaytishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, 13-fevral kuni “UzAirways" Toshkent-Kiyev-Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaparvozni amalga oshirgan. Aviakompaniya saytida berilgan
ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yo‘nalishda keyingi reyslar chorshanba (16 fevral) va yakshanba (20 fevral) kuniga rejalashtirilgan.
Fuqarolarda savollar paydo bo‘ladigan taqdirda, ular elchixonaga elektron pochtasi (
embassy@uzbekistan.org.ua), telefon raqamlari (+38 044 5015000, +38 044 5014182) yoki diplomatlarning Telegram manzillari orqali murojaat qilishlari mumkin.
Avvalroq qator mamlakatlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan fuqarolarini Ukraina hududini tark etishga chaqirgan edi. Qolaversa, Kiyevdan ayrim G‘arb mamlakatlari elchixonalari xodimlari va ularning oila a’zolari evakuatsiya qilinayotgani
xabar qilinmoqda.So‘nggi kunlarda Kiyev va G‘arb davlatlari Ukraina chegarasida Rossiya tomonidan go‘yoki tajovuzkor xatti-harakatlar kuchayganidan xavotir bildirishmoqda. Moskva shunga o‘xshash ayblovlarni rad etib kelmoqda va hech kimga tahdid tug‘dirmasligi va hujum qilish niyati yo‘qligini takrorlab keladi. “Rossiya tajovuzi” haqidagi xabarlardan esa Rossiya chegaralari yaqinida NATOning ko‘proq harbiy texnikalarni joylashtirish uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.
Avvalroq Rossiya TIV G‘arbning “Rossiya tajovuzi” va Kiyevni undan himoya qilish xususidagi bayonotlari ham kulgili, ham xavfli ekanini ta’kidlagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlarining mamlakat hududida bir joydan boshqa ko‘chirilishi hech kimni xavotirga solmasligi kerakligini qayd etgandi.