https://oz.sputniknews.uz/20220212/aqsh-elchixona-xodimlariga-ukrainani-tark-etishni-buyurdi-22700012.html
AQSh elchixona xodimlariga Ukrainani tark etishni buyurdi
AQSh elchixona xodimlariga Ukrainani tark etishni buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Kiyevdagi elchixonaning favqulodda faoliyat bilan shug‘ullanmayotgan xodimlariga mamlakatni zudlik bilan tark etishni buyurdi. 12.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-12T17:50+0500
2022-02-12T17:50+0500
2022-02-12T17:50+0500
dunyoda
aqsh
elchixona
ukraina
kiyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/916/03/9160376_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_7a2c23a5af504bc18f4c8d76a2507e13.jpg
TOShKENT, 12 fev – Sputnik. AQSh Davlat Departamenti Ukrainadagi elchixonaning asosiy bo‘lmagan xodimlariga mamlakatni tark etishni buyurdi. Bu haqida diplomatik missiyaning Twitterida aytib o‘tilgan.Eslatib o‘tamiz, biroz oldin AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklardan Ukrainanin tark etishni so‘ragan edi. Biroz o‘tib uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan “Bu ishni zudlik bilan bajarish kerak” deb qo‘shimcha qilgan edi.Shuningdek, aksariyat G‘arb davlatlari – Buyuk Britaniya, Kanada, Finlyandiya, Latviya, Niderland. Estoniya, Yaponiya, Avstraliya va boshqalar ham o‘z fuqarolarini Ukrainada olib chiqishga shoshilgan. Ayrim davlatldar hatto diplomatik missiyalarni yopishga o‘tgan.Aytish joizki so‘nggi oylar davomida AQSh va G‘arb OAVlari Rossiyani Ukraina chegarasida qo‘shin to‘plashda ayblashmoqda. Ular Rossiya go‘yoki Ukrainaga “bostirib kirish” uchun kuch to‘playotganiga da’vo qilishmoqda. Rossiya barcha ayblovlarni inkor qilib Kiyevdan Minsk shartnomalarini bajarishni talab qilmoqda.AQSh va NATO Ukraina sharqida bir necha oydan buyon harbiy maslahatchilar va qurol-aslaha yetkazib bermoqda. Ayni damda Donbass yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining yarmi jamlangan. Undan tashqari AQSh Polshaga yaqinda 3000ga yaqin harbiylarini olib kelishga qaror qilgan.
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/916/03/9160376_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_b5169f6a30aee7f04bb0eb136a6afb23.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, elchixona, ukraina, kiyev
dunyoda, aqsh, elchixona, ukraina, kiyev
AQSh elchixona xodimlariga Ukrainani tark etishni buyurdi
AQSh Kiyevdagi elchixonaning favqulodda faoliyat bilan shug‘ullanmayotgan xodimlariga mamlakatni zudlik bilan tark etishni buyurdi.
TOShKENT, 12 fev – Sputnik. AQSh Davlat Departamenti Ukrainadagi elchixonaning asosiy bo‘lmagan xodimlariga mamlakatni tark etishni buyurdi. Bu haqida diplomatik missiyaning
Twitterida aytib o‘tilgan.
“Bugun Davlat departamenti favqulodda faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan amerikaliklarga mamlakatni tark etishni buyurdi. Bunga sababa Rossiya va Ukarina chegarasida harbiy qo‘shinlar soni oshayotgani va jiddiy harbiy harakatlar xavfi mavjudligida”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklardan Ukrainanin tark etishni so‘ragan edi. Biroz o‘tib uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan “Bu ishni zudlik bilan bajarish kerak” deb qo‘shimcha qilgan edi.
Shuningdek, aksariyat G‘arb davlatlari – Buyuk Britaniya, Kanada, Finlyandiya, Latviya, Niderland. Estoniya, Yaponiya, Avstraliya va boshqalar ham o‘z fuqarolarini Ukrainada olib chiqishga shoshilgan. Ayrim davlatldar hatto diplomatik missiyalarni yopishga o‘tgan.
Aytish joizki so‘nggi oylar davomida AQSh va G‘arb OAVlari Rossiyani Ukraina chegarasida qo‘shin to‘plashda ayblashmoqda. Ular Rossiya go‘yoki Ukrainaga “bostirib kirish” uchun kuch to‘playotganiga da’vo qilishmoqda. Rossiya barcha ayblovlarni inkor qilib Kiyevdan Minsk shartnomalarini bajarishni talab qilmoqda.
AQSh va NATO Ukraina sharqida bir necha oydan buyon harbiy maslahatchilar va qurol-aslaha yetkazib bermoqda. Ayni damda Donbass yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining yarmi jamlangan. Undan tashqari AQSh Polshaga yaqinda 3000ga yaqin harbiylarini olib kelishga qaror qilgan.