https://oz.sputniknews.uz/20220211/andijondagi-shifoxonada-gaz-portladi-1-kishi-vafot-etdi-4-kishi-jarohatlandi-22677995.html
Andijondagi shifoxonada kuchli portlash: 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi
Andijondagi shifoxonada kuchli portlash: 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi
Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqo‘rpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi.
2022-02-11T14:18+0500
2022-02-11T14:18+0500
2022-02-11T14:52+0500
hodisalar
andijon viloyati
portlash
gaz portlashi
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22676986_0:119:1280:839_1920x0_80_0_0_46e98cffa7532a3842acf33be66a1311.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Bugun soat 11:30da Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqo‘rpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlandi. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.Ayni damda voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.3 qavatli “Ziteriya” MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida asosan havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetdi.Voqea joyiga viloyat FVVning yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bordi.Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirildi.Hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib bordi.Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22676986_2:0:1278:957_1920x0_80_0_0_9b55f4bf72bfceb20da99dafd0f4307e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andijondagi shifoxonada gaz portladi: 1 kishi vafot etdi
andijondagi shifoxonada gaz portladi: 1 kishi vafot etdi
Andijondagi shifoxonada kuchli portlash: 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi
14:18 11.02.2022 (yangilandi: 14:52 11.02.2022) Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqo‘rpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Bugun soat 11:30da Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqo‘rpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlandi. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ayni damda voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
3 qavatli “Ziteriya” MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida asosan havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.
Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetdi.
Voqea joyiga viloyat FVVning yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bordi.
Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirildi.
Hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib bordi.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.