Qashqadaryoda poliklinika bosh shifokori pora bilan qo‘lga tushdi

© Bernad GavrilMujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka
Mujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna bo‘lish
Tumanlaridan biridagi Markaziy poliklinika bosh shifokori avtoturargoh tashkil etish uchun 20 sotix yer ajratilishida o‘z "xizmatini" taklif qilgan.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokoripora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar bermoqda.
U boshqa bir fuqaroga mazkur tuman tibbiyot birlashmasining avtomashinalar turar joyidan davlat sherikchiligi asosida pullik avtoturargoh tashkil etish uchun 20 sotix yer ajratilishida yordam va’da qilgan. Bosh shifokor bu birlashmadagi tanishi orqali yordam bermoqchi bo‘lgan. Xizmati evaziga 2 ming dollar talab qilgan. Shu pullardan 500 dollar va 10 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0