Qo‘ng‘irot-Namangan-Andijon yo‘nalishida birinchi reys amalga oshirildi

© Foto: AO O‘ztemiryo‘lyo‘lovchiPassajirskiy poyezd po marshrutu "Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad"
Passajirskiy poyezd po marshrutu Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatning 8 ta hududini o‘zaro bog‘laydigan transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 5-7 fevral kunlari 654/653 - sonli yo‘lovchi poyezdlari Qo‘ng‘irot-Namangan-Andijon-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida birinchi reysini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ.
Ta’kidlanishicha, bunday uzoq masofaga harakatlanadigan poyezdlar qatnovi mamlakatda ilk bora yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘ng‘irotdan mazkur poyezdda yo‘lgan chiqqan yo‘lovchilar Xo‘jayli, Nukus, Uchquduq, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Namangan shaharlaridan o‘tib Andijon shahriga yetib kelishadi. Andijondan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar ham bu shaharlar orqali o‘tib Qo‘ng‘irotga yetib borashadi.
“Ushbu yo‘nalishda poyezdlar qatnovining yo‘lga qo‘yilishi, yurtimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun ham juda katta imkoniyat yaratadi”, - deyilgan xabarda.
Poyezdlar harakat jadvaliga ko‘ra shanba kunlari Qo‘ng‘irotdan, yakshanba kunlari Andijondan qatnovini amalga toshiradi. Kelgusida ular qatnovini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0