Toshkentda gaz ta’minotida bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
“Yashnobod tumangaz” ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i fuqaroga penyani qayta hisob-kitob qilish orqali yo‘q qilib berishni va’da qilgan va evaziga pora talab qilgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahrida “Yashnobod tumangaz” ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ma’lum qilinishicha, “Yashnobod tumangaz” ta’minoti bo‘limining “Aholi iste’molchilar bilan ishlash” xizmati boshlig‘i F.X. fuqaro B.ning xonadonidagi gaz sarfi qarzdorligi uchun hisoblangan 4 mln so‘m penyani qayta hisob-kitob qilish orqali yo‘q qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga pora talab qilgan. U o‘z xizmat xonasida 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0