https://oz.sputniknews.uz/20220207/mirishkor-tumani-hokimi-orinbosari-50-ming-dollar-pora-bilan-qolga-olindi-22582893.html
Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi o‘rinbosari U.Ya. fuqaroga yer olib berishni va’da qilib 80 ming dollar so‘ragan. 2022-yilning 5-fevral kuni so‘ralgan pulning 50 ming dollarini olayotgan paytida qo‘lga tushgan.
2022-02-07T12:39+0500
2022-02-07T12:39+0500
2022-02-07T12:47+0500
hodisalar
qashqadaryo viloyati
pora
mirishkor tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20230840_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_35dcd8aec4b4be251e2b457675ba5db4.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat hokimi Murodjon Azimov yig‘ilish davomida ma’lum qildi.Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi o‘rinbosari U.Ya. fuqaroga yer olib berishni va’da qilib 80 ming dollar so‘ragan. 2022-yilning 5-fevral kuni so‘ralgan pulning 50 ming dollarini olayotgan paytida qo‘lga tushgan.Viloyat hokimi Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayevga yuzlanib, xodimlarini nazorat qilish va qattiq ushlashni talab qilgan.“Qonun ustivor bo‘lishi kerak siz rahbar bo‘lgan joyda. Mirishkorga borganimda nuroniylar yo‘limga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shug‘ullanmasdan faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda?”, - deydi Qashqadaryo viloyati hokimi.Bundan tashqari, u viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini e’lon qildi.Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28-, 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan.
qashqadaryo viloyati
mirishkor tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20230840_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_497c90c1746f14b6bb066061a50dcc03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari pora qo‘lga tushdi fuqaroga yer olib berish
mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari pora qo‘lga tushdi fuqaroga yer olib berish
Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
12:39 07.02.2022 (yangilandi: 12:47 07.02.2022) Tuman hokimi o‘rinbosari U.Ya. fuqaroga yer olib berishni va’da qilib 80 ming dollar so‘ragan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat hokimi Murodjon Azimov yig‘ilish davomida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi o‘rinbosari U.Ya. fuqaroga yer olib berishni va’da qilib 80 ming dollar so‘ragan. 2022-yilning 5-fevral kuni so‘ralgan pulning 50 ming dollarini olayotgan paytida qo‘lga tushgan.
“Mana Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bo‘lsada, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 ming dollarining 50 mingini olayotganda qo‘lga tushgan”, - dedi Azimov.
Viloyat hokimi Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayevga yuzlanib, xodimlarini nazorat qilish va qattiq ushlashni talab qilgan.
“Qonun ustivor bo‘lishi kerak siz rahbar bo‘lgan joyda. Mirishkorga borganimda nuroniylar yo‘limga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shug‘ullanmasdan faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda?”, - deydi Qashqadaryo viloyati hokimi.
Bundan tashqari, u viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini e’lon qildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning
ma’lum qilishicha, Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28-, 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.