https://oz.sputniknews.uz/20220201/hukumatga-gaz-ballonli-transport-vositalari-xavfsizligi-boyicha-senat-sorovi-yuboriladi-22487625.html
Hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha Senat so‘rovi yuboriladi
Hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha Senat so‘rovi yuboriladi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati gaz ballonlari o‘rnatilgan transportlarning xavfsizligi bo‘yicha hukumatga so‘rov yuboradi.
2022-02-01T16:28+0500
2022-02-01T16:28+0500
2022-02-01T16:28+0500
siyosat
gaz portlashi
so‘rov
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22487554_0:75:1440:885_1920x0_80_0_0_e3e0e0e24f0daceb78ded714652ce1d9.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati gaz ballonlari o‘rnatilgan transportlarning xavfsizligi bo‘yicha hukumatga so‘rov yuboradi. So‘rovni tayyorlash to‘g‘risidagi masala 1-fevral kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash va 2 ta yong‘in chiqish sodir bo‘lgan. Ularda 9 kishi jarohatlangan va 14 kishi halok bo‘lgan.Shuningdek, yig‘ilishda avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to‘ldirishda belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari ko‘plab uchrayotgani qayd etildi.Qashqadaryoda “Lacetti” avtomobilidagi gaz balloni portlab ketdiSenatorlarning ta’kidlashicha, gaz ballonlarini avtomobillarga o‘rnatish va tegishli uskunalarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilmagan. Gaz ballonlarining texnik sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari ham bor.So‘rov yuborish masalasi 3-fevral kuni o‘tkaziladigan Senatning 23-yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22487554_80:0:1360:960_1920x0_80_0_0_5bcc2b47bd2c4fc720368855039eb69a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
senat so‘rovi hukumat gaz ballonli transport vositalari
senat so‘rovi hukumat gaz ballonli transport vositalari
Hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha Senat so‘rovi yuboriladi
O‘tgan yili gaz ballonlari o‘rnatilgan avtomobillarda 14 ta portlash va 2 ta yong‘in chiqish sodir bo‘lgan. Bu 14 kishining umriga zomin bo‘lgan.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati gaz ballonlari o‘rnatilgan transportlarning xavfsizligi bo‘yicha hukumatga so‘rov yuboradi. So‘rovni tayyorlash to‘g‘risidagi masala 1-fevral kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib
chiqildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash va 2 ta yong‘in chiqish sodir bo‘lgan. Ularda 9 kishi jarohatlangan va 14 kishi halok bo‘lgan.
Shuningdek, yig‘ilishda avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to‘ldirishda belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari ko‘plab uchrayotgani qayd etildi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, gaz ballonlarini avtomobillarga o‘rnatish va tegishli uskunalarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilmagan. Gaz ballonlarining texnik sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari ham bor.
So‘rov yuborish masalasi 3-fevral kuni o‘tkaziladigan Senatning 23-yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.