Iqtisod

RJD va OʻTY Oʻzbekistonda logistika kompaniyasi tashkil qildi

© Pexels / James WheelerTovarnыy poyezd
Tovarnыy poyezd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston hududida joylashgan qoʻshma korxonaning asosiy maqsadi - Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yuk tashuvini oshirishdan iborat.
TOSHKENT, 27 yanv – Sputnik. Rossiyaning “RJD Logistika” vaOʻzbekistonning “UTI Transit” kompaniyalari “RZDL TRANSSERVICE GROUP” MCHJ nomli qoʻshma korxona tashkil qilishdi.

Qoʻshma korxona Oʻzbekiston hududida joylashgan boʻladi va Moskva–Toshkent–Moskva, Xitoy – Qozogʻiston – Oʻzbekiston, Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Qozogʻiston; Moskva – Toshkent – Dushanbe yoʻnalishlarida mijozlar va yuklar sonini oshirishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari yangi qoʻshma korxona Xitoydan Afgʻoniston va Pokistonga ochilayotgan yangi transport koridorlarida ishtirok etadi.
Qoʻshma korxona faoliyati doirasida “RJD Logistika” Moskva hududidagi temiryoʻl terminallarida yuklarni qabul qilish va jamlash, Rossiya va Qozogʻiston hududida fitting platformalari, avtonom refrijeratorli konteynerlar taqdim etish va servis xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanadi.
“UTI Transit” ham ushbu kabi xizmatlarni Oʻzbekiston hududida koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Kelajakda yoʻnalishlar va xizmatlar sonini oshirish tomonlar kelishuviga koʻra amalga oshiriladi.
"Ishlab chiqaruvchilar tomonidan talab doimiy ravishda oʻsib bormoqda va bizning vazifamiz – “Agroekspress” loyihasi doirasida sifatli logistik yechimlar taqdim etish. Ushbu maqsadda biz oʻzimizning texnik imkoniyatlarimizni ham doimiy ravishda yaxshilab bormoqdamiz. Xususan 2021 yilda bizning kompaniyamiz avtonom refkonteynerlar sotib oldi va bu yil biz ularning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqchimiz. Undan tashqari RJD logistika oʻsimlik moyini fleksitanklarda joʻnatishni yoʻlga qoʻygan. Ushbu qoʻshma korxona davlatlarimiz orasida yuk tashishni oshirish hamda yuk yetkazib berishning ishonchli va optimal narxli kanalini ishga tushiradi” – dedi “RJD Logistika” AJ bosh birektori Dmitriy Murev.
Eslatib oʻtamiz RJD va OʻTY kelishuvlariga asosan 2021 yilda ilk bor “Agroekspress” loyihasi ish boshlagan edi. Unga koʻra agrosanoat kompleksi yuklari temir yoʻl transportida juda tez fursat ichida Rossiyadan Oʻzbekistonga va Oʻzbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladi. Birinchi marotaba ana shunday poyezd oʻtgan yilning noyabr-dekabr oylarida Moskva – Toshkent – Moskva yoʻnalishida qatnov amalga oshirgan edi.
Bugungi kunda ana shunday qatnovlarni oyiga 2 marotaba tashkil etish va 40 ta qirq futli avtonom refrijeratorli konteynerlar hajmiga yetkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Undan tashqari Rossiya va Oʻzbekiston hududlari orasida Rossiyadan haftasiga 5 yevrofura va Oʻzbekistondan haftasiga 7 yevrofura miqdorida avtomobilda yuk tashish tashkillashtirishga kelishib olingan.
Konteynernыy poyezd s eksportnoy produktsiyey Uzbekistana otpravilsya v Turtsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
Iqtisod
“Agroekspress” Toshkentdan Moskvaga nimalarni olib keldi
Yangiliklar lentasi
0