“Agroekspress” Toshkentdan Moskvaga nimalarni olib keldi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"Konteynerniy poyezd s eksportnoy produksiyey Uzbekistana otpravilsya v Tursiyu
Konteynerniy poyezd s eksportnoy produksiyey Uzbekistana otpravilsya v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentdan yo‘lga chiqqan “Agroekspress” poyezdi Moskva yetib keldi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. “Rossiya-O‘zbekiston-Rossiya” yo‘nalishi bo‘yicha “Agroekspress” poyezdi oxirgi stansiyasiga muvaffaqiyatli yetib keldi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi.
“Meva-sabzavot mahsulotlari – uzum, xurmo, pomidor, limon bo‘lgan konteynerlar bo‘lgan poyezd Toshkentdan Moskva temir yo‘lining Selyatino stansiyasiga yetib keldi”, — deyilgan elchixona xabarida.
“Agroekspress” loyihasi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzagrologostics centers, “Rossiya temir yo‘llari logistika” AJ, “Rossiya eksport markazi” AJ hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Noyabr oyi o‘rtalarida Tambovdan birinchi “Agroekspress” poyezdida muzlatilgan tovuq go‘shti Toshkentga yetkazib berilgandi.
Endi Toshkentdan “Agroekspress”da Moskvaga uzum, xurmo, pomidor, limon olib kelindi.
“Biz birinchi qadamlarni qo‘ydik, amaliyotda “Agroekspress”ning barcha o‘tish joylarini – tranzit zonalar, hatto “yashil yo‘lak” rejimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan turli nazorat choralarini o‘rgandik,” – dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazir o‘rinbosari Dmitriy Volvach.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihani takomillashtirishdan barcha manfaatdor, ayniqsa boshqa davlatlar ham: Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon ham qiziqish bildirmoqda.
Shu o‘rinda iqtisod fanlari doktori, Rossiya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri sobiq o‘rinbosari Leonid Xolod Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun maxsus logistika zanjiri zarur.
"Bunday poyezdlarga mahsulotlarni tanlash, qadoqlash, yuklash va rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadigan maxsus logistika bo‘limi bo‘lishi kerak", - dedi Leonid Xolod.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuvlar doirasida Jizzax viloyatida agrologistik kompleksi ham ana shunday maqsadlarda tashkil etilmoqda. Majmua yiliga 260 ming tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Rossiyaga 341 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berdi. O‘z navbatida, Rossiya O‘zbekistonga 4,73 mlrd $ mahsulot yetkazib berdi va O‘zbekistonning import hamkorlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0