Alisher Usmonov oltinga sarmoya kirituvchi kompaniya tashkil qildi
13:25 27.01.2022 (yangilandi: 13:27 27.01.2022)
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov
© Sputnik / Vladimir Astapkovich
/ Obuna bo‘lish
Yaqin kelajakda dunyoda global inflyatsiya sodir bo‘lishi va oltin qadri keskin oshishi mumkin - ekspert.
TOShKENT, 27 yanv —Sputnik. Alishera Usmonov uning hamkorlari oltin qazib oish bilan shug‘ullanadigan USM Gold kompaniyasiga asos soldi, deb xabar qilmoqda RBK.
Alisher Usmonov va Vladir Skochga tegishli bo‘lgan USM xolding kompaniyasi o‘tgan yilning noyabr oyida USM Gold kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Hozircha yangi tashkil etilgan kompaniyaning yagona aktivi “Fedorovskoe” MChJ bo‘lib uning 75% USM Gold va 25% —“Rosgeologiya”ga tegishlidir. Kompaniyaning Xakasiya respublikasidagi Fedorovsko-Kedrovskaya maydonida geologik razvedka ishlari amalga oshirish uchun litsenziyasi bor.
RBK nashri murojaat qilgan ekspertlar aytishiga ko‘ra, Alisher Usmonov ushbu loyihani oltin qazib olish sohasida uzoq kelajakni ko‘zlab tashkil qilgan. So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ham dunyoda ham sarmoyadorlarda oltinga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
“Odatda xom-ashyo mahsulotlari qimmatlashganda oltinning narxi oshmaydi, lekin xom-ashyo narxi pasayganda oltin yuqoriga ko‘tariladi. 2008-yilda “Severstal” oltin aktivlarni sotib ola boshlaganda, ko‘pchillik buni tushunmagan edi. Bugun esa oltinga tikilgan pullar o‘zini to‘liq oqlaganini ko‘rib turibmiz. Kompaniya o‘sha aktivlar asosida jahon oltin bozorida yirik ishtirokchi bo‘lgan Nordgold kompaniyasini tashkil qilgan”, - dedi NRA reyting xizmati boshqaruvchisi Sergey Grishunin.
“Dunyoga kirib kelayotgan inflyatsiya to‘lqini fonida oltinning qiymati yanada oshishi kutilmoqda. Shuning uchun ham Alisher Usmonov tomonidan oltin bilan shug‘ullanuvchi USM Gold kompaniyasini tashkil qilish – himoya strategiyasiga o‘xshaydi”, - deb xulosa qildi ekspert.
Aytish joizki USM xolding Rossiyaning eng yirik temir ishlab chiqaruvchi korxonasi, “Metalloinvest” va yirik mis ishlab chiqaruvchi koni “Udokanskaya med” kiradi. Ushbu xolding oldingi faoliyatida oltin qazib olish bilan shug‘ullanmagan.