https://oz.sputniknews.uz/20220123/turkmaniston-ozbekiston-orqali-elektr-energiyasini-etkazib-berishi-mumkin--berdimuhamedov-22339450.html
Turkmaniston O‘zbekiston orqali elektr energiyasini yetkazib berishi mumkin – Berdimuhamedov
Turkmaniston O‘zbekiston orqali elektr energiyasini yetkazib berishi mumkin – Berdimuhamedov
Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov respublika O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi mamlakatlarga elektr energiyasini eksport qilishning yaxshi imkoniyatlariga ega ekanini ma’lum qildi.
2022-01-23T18:33+0500
2022-01-23T18:33+0500
2022-01-23T18:33+0500
iqtisod
o‘zbekiston
elektr energiyasi
gurbanguli berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0b/21309055_0:191:2963:1858_1920x0_80_0_0_b6eb386d03df7b67cc33c83a9183e826.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov respublika O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi mamlakatlarga elektr energiyasini eksport qilishning yaxshi imkoniyatlariga ega ekanini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti “Neytralniy Turkmenistan” gazetasiga tayangan holda xabar bermoqda.Turkmaniston yetakchisi Dashoguz viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning elektr energiyasini rivojlantirish masalalariga oid o‘tkazilgan yig‘ilishda bunday fikrni bildirgan.Yig‘ilishda energetika bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Charimat Purchekov Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston elektr o‘tkazish liniyasi qurilishi hamda Afg‘onistonning Mazori Sharif shahridan Kobulgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgan loyiha haqida ma’lumot bergan.“Hozir turkman elektr energiyasi qo‘shnilarimizga – Islom Eron Respublikasiga va Afg‘onistonga”, O‘zbekistonga hamda Qirg‘iz Respublikasiga yetkazib berilmoqda. Qolaversa, uni O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi mamlakatlarga yetkazib berishning katta imkoniyati bor”, - degan Berdimuhamedov.O‘zbekiston aholini arzon elektr energiyasi bilan qanday ta’minlashi mumkin – ekspertNashrning yozishicha, “davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosariga sur’atni pasaytirmasdan, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni davom ettirishni topshirgan”.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0b/21309055_117:0:2846:2047_1920x0_80_0_0_7f3680017c5505a9230d479f4ebc89ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkmaniston prezidenti gurbanguli berdimuhedov o‘zbekiston elektr energiyasi
turkmaniston prezidenti gurbanguli berdimuhedov o‘zbekiston elektr energiyasi
Turkmaniston O‘zbekiston orqali elektr energiyasini yetkazib berishi mumkin – Berdimuhamedov
Turkmaniston prezidenti mamlakat O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi mamlakatlarga elektr energiyasini yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov respublika O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi mamlakatlarga elektr energiyasini eksport qilishning yaxshi imkoniyatlariga ega ekanini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti “Neytralniy Turkmenistan” gazetasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Turkmaniston yetakchisi Dashoguz viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning elektr energiyasini rivojlantirish masalalariga oid o‘tkazilgan yig‘ilishda bunday fikrni bildirgan.
Yig‘ilishda energetika bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Charimat Purchekov Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston elektr o‘tkazish liniyasi qurilishi hamda Afg‘onistonning Mazori Sharif shahridan Kobulgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgan loyiha haqida ma’lumot bergan.
“Hozir turkman elektr energiyasi qo‘shnilarimizga – Islom Eron Respublikasiga va Afg‘onistonga”, O‘zbekistonga hamda Qirg‘iz Respublikasiga yetkazib berilmoqda. Qolaversa, uni O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi mamlakatlarga yetkazib berishning katta imkoniyati bor”, - degan Berdimuhamedov.
Nashrning yozishicha, “davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosariga sur’atni pasaytirmasdan, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni davom ettirishni topshirgan”.