Shavkat Mirziyoyev: men ham avtobusda yurishni xohlayman

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna bo‘lish
Shaharni birortasi tushunmaydi, shaharni ichida yurmaydi. Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi – prezident amaldorlar haqida.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni unga taqdim etilgan Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimotdan ko‘ngli to‘lmadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
"5 yilda 400 ta elektrobus olib kelamiz dedik, qachon keladi? Kimda nima takliflar bor? Shaharni birortasi tushunmaydi, shaharni ichida yurmaydi. Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi", — deydi davlat rahbari
Mirziyoyev transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuzlanib, uning taqdimotidan ko‘ngli to‘lmaganini aytdi.
"Bilasanmi, menga bergan ma’lumoting bo‘yicha birorta aniq raqam yo‘q. Faqat maslahat va tavsiya. Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim. Nega menga Toshkent bo‘yicha alohida, tuman bo‘yicha alohida (ma’lumot) bermaysan. Eng og‘ir tuman qaysi? Eng og‘ir bekat qaysi? Eng og‘ir tirbandlik qayerda? Odamlar bizdan qayerda najot kutmoqda? Bu narsa yo‘q menga bergan ma’lumotingda. Umumiy gap", — deydi prezident transport vaziriga.
Davlat rahbari taqdimotda shahar transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni topshirdi va mutasaddilar aniq tashabbuslar bilan chiqishini ta’kidladi.
"6 oylikda nima qilamiz, 3 oylikda nima qilamiz, yil yakunida-chi? "Yuring prezident, avtobusga mining" deb bir marshrutni ko‘rsat, eng og‘ir hududingdan boshla. Men ham avtobusda yurishni xohlayman. Ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak", — dedi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0