O‘zbekiston boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

© Foto: NOK UzbekistanaBoksor Javlonbek Yo‘ldoshev
Boksor Javlonbek Yo‘ldoshev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna bo‘lish
-67 kg vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev o‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi va ilk g‘alabani taqdim etdi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Kecha, 22-yanvar kuni, Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha qit’a birinchiligi boshlandi. Musobaqaning ilk kunini o‘zbekistonlik bokschi Javlonbek Yo‘ldoshev g‘alaba bilan boshladi.
Chempionatning ochilish marosimida Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlov, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotaiba, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston rasman AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi
-67 kg vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev o‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi.
Unga saudiyalik bokschi raqiblik qildi. Yo‘ldoshev raqibining ustidan g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi.
Bugun dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga qarshi bahs olib boradi. -91 kg vazn toifasida Javohir Tog‘aymurodov esa tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi jang qiladi.
Yangiliklar lentasi
0