“Omikron” sabab Call-markazga qo‘ng‘iroqlar soni ikki baravarga ko‘paydi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishRabochee mesto dispetchera
Rabochee mesto dispetchera  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna bo‘lish
Yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab murojaatlar sezilarli darajada oshgan.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida 1003 qisqa raqamli Call-markazga murojaatlar soni ikki barobar oshdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-20 yanvar kunlari Call-markazga jami 14 ming 112 ta murojaat kelib tushdi.
Yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab murojaatlar sezilarli darajada oshib, murojaatlar soni kuniga o‘rtacha 900-1000 taga yetgan.
“Natijada oyning ikkinchi o‘n kunligida jami 9600 ta murojaat kelib tushgan. Bu 1-10 yanvar kunlariga qiyoslaganda, 2 barobardan ziyod ko‘rsatkichdir”, - deyiladi xabarda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qo‘ng‘iroq qiluvchilarning katta qismi korononavirusning yangi shtammi belgilari, uni davolash yo‘llariga oid savollar bilan murojaat etmoqda.
Mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida SSV tomonidan 2020-yil 16-martdan boshlab 1003 qisqa raqamli Call-markaz tashkil etilgan edi. Hozir bu yerda Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan hamkorlikda 3 smenada ish olib borilmoqda.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan. Bir kunda aniqlanayotgan koronavirus 1500 taga yaqinlashmoqda. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning omikron shtammi oldingilarga nisbatan biroz yengil o‘tmoqda. Shifoxonaga kelayotgan 90-95 foiz bemorda saturatsiyaning pasayishi va o‘pkaning zararlanishi kuzatilmayapti.
Yangiliklar lentasi
0